Daryo

AQSH Erondagi maktabga qilingan hujumni oʻrganmoqda

Isroil va AQSHning qizlar maktabiga hujumida 165 kishi halok boʻldi. Qurbonlar 7-12 yosh oraligʻidagi qizlar boʻlgan.

1 daqiqa o‘qish8 548 ko‘rishlar0 izoh6

AQSH prezidenti ma’muriyati Erondagi qizlar maktabiga qilingan hujumni o‘rganmoqda. Bu haqda AQSH mudofaa vaziri Pit Hegsetga tayanib, CNN xabar berdi.

Isroil va AQSH 28-fevral kuni Minab shahridagi maktabga aviazarbalar bergan edi. Hodisa oqibatida 165 nafar kishi, xususan, 7–12 yosh oralig‘idagi qizlar halok bo‘lgan. Qurbonlarni dafn etish uchun 3-mart kuni Eronda ommaviy marosim o‘tkazildi.

“Men bilgan va ayta oladigan yagona narsa shuki, biz bu hodisani tekshirmoqdamiz. Albatta, biz hech qachon tinch aholini nishonga olmaganmiz, ammo voqeani tekshirib chiqyapmiz”, dedi Hegset tekshiruv davom etayotganini aytib.

​

BMTning inson huquqlari bo‘yicha idorasi 3-mart kuni Erondagi qizlar maktabiga qilingan hujum ortida turgan kuchlarni voqea yuzasidan tergov o‘tkazishga chaqirdi. Biroq tashkilot hujum uchun kimni mas’ul deb hisoblashini ochiqlamadi.

AQSH davlat kotibi Marko Rubio 2-mart kuni AQSH harbiylari maktabni ataylab nishonga olmasligini bildirdi. Isroil G‘azodagi urush davomida ham avvaliga tinch aholiga qilingan hujumlarni rad etib, keyinchalik inkor etib bo‘lmas dalillar paydo bo‘lgach, buni “tasodif” deb atash tajribasidan foydalanib keladi.

AQSH va Isroilning Eronga hujumi hamda Oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘ldirilishi ortidan boshlangan mojarolarda 800 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Eron bunga javoban mintaqadagi AQSH harbiy bazalari va obyektlariga hujum qilmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar