“Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi, komik aktyor Dilshodbek Musabekov bugun, 13-fevral sanasida dunyodan ko‘z yumdi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” xabar berdi.
Dilshodbek Musabekov 1975-yilning 13-iyulida Andijonda tavallud topgan. Ota-onasi farzandining san’atkor bo‘lishini orzu qilgan. U asl mutaxassisligi bo‘yicha sozanda edi. Bir necha yillar mobaynida qattiqqo‘l ustozlardan doira chalish sirlarini o‘rgangan.
Dilshodbek Musabekov 2023-yilda “Dizayn” kulgi jamoasining konserti bo‘layotgan vaqtda yurak xuruji bilan shifoxonaga tushib qolgandi. Shuningdek, 2024-yilning yanvarida u insultni boshdan kechirgani haqida so‘zlab bergan.








