Daryo

Qamchibek Tashiyev Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov tegishli farmonni imzoladi. Tashiyevning vazifasini vaqtincha Jumgalbek Shabdanbekov bajaradi.

1 daqiqa o‘qish24 019 ko‘rishlar0 izoh13

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev 10-fevral kuni lavozimidan ozod etildi. Mamlakat prezidenti Sadir Japarov tegishli farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, Tashiyev Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari — Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) raisi lavozimidan ozod etildi. Qaror Konstitutsiyaning 70-moddasi 1-qismi 4-bandi va 71-moddasiga asosan qabul qilingan.

Uning o‘rniga Jumgalbek Shabdanbekov Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Uning nomzodini MXDQ raisi lavozimiga tayinlash uchun Qirg‘iziston Jo‘qorg‘i Keneshiga tasdiqlash uchun kiritiladi. Prezident Sadir Japarov Tashiyevni ishdan olgani sababini quyidagicha izohladi:

“Avvalambor, men bu qarorni davlatimiz manfaatlarini ko‘zlab, jamiyatda, shu jumladan, davlat tuzilmalari o‘rtasida bo‘linishga yo‘l qo‘ymaslik, birdamlikni mustahkamlash maqsadida qabul qildim”, deya uning so‘zlarini keltirdi matbuot kotibi.

​

Qamchibek Tashiyev 2020-yil 16-oktyabrda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlangandi. Farmonni 2020-yil 5-6 oktyabr voqealaridan keyin prezident vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov imzolagan.

Qamchibek Tashiyev va mamlakatning amaldagi prezidenti Sadir Japarov “ikki do‘st” sifatida tanilgan. Ekspertlar orasida ularning ittifoqi ko‘pincha mamlakatning eng kuchli siyosiy dueti deb atalgan va Qamchibek Tashiyev atrofidagi har qanday kadrlar o‘zgarishi hokimiyat konfiguratsiyasidagi jiddiy o‘zgarishlar ko‘rsatkichi sifatida qabul qilingan.

So‘nggi paytlarda siyosiy doiralarda maxsus xizmat rahbari bo‘lajak prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Qamchibek Tashiyevning o‘zi prezidentlik poygasida qatnashmoqchi emasligini va Sadir Japarovni qo‘llab-quvvatlashini bir necha bor ta’kidlagan.

Jumgalbek Shabdanbekov 2020-yildan beri Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining 9-xizmati boshlig‘i va rais o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda. U 55 yoshda. 2022-yilda Shabdanbekovga general-mayor unvoni berilgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar