Daryo

Gollivud tarixidagi eng kassabop filmlar top 10 taligi

“Hayvonlar shahri” multfilmning ikkinchi qismi Gollivud tarixidagi eng daromadli loyihalar o‘ntaligiga kirdi.

1 daqiqa o‘qish4 590 ko‘rishlar0 izoh2

“Hayvonlar shahri” multfilmning ikkinchi qismi Gollivud tarixidagi eng daromadli loyihalar o‘ntaligiga kirdi. Ekranlarga chiqarilganidan buyon ushbu multfilm 1,7 milliard dollar mablag‘ to‘pladi. Ilgari bu o‘rinni 1,69 milliard dollarlik daromad bilan “Boshqotirma 2” egallagan edi.

Hozirda Nik va Judidan faqat Jeyms Kemeron loyihalari, Marvel kino olami, “Yulduzlar jangi” va “Nachja ajdarlar shohini mag‘lub etadi” filmlari yuqorida.

Tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan kino asarlarining to‘liq ro‘yxati quyidagicha:

1. “Avatar” (2009) — 237 mln dollar byudjet bilan 2,923 mlrd dollar;

2. “Qasoskorlar: Final” (2019) — 356 mln dollar byudjet bilan 2,799 mlrd dollar;

3. “Avatar: Suv yo‘li” (2022) — 350 mln dollar byudjet bilan 2,32 mlrd dollar;

4. “Titanik” (1997) — 200 mln dollar byudjet bilan 2,264 mlrd dollar;

5. “Nechja ajdarlar shohini mag‘lub etadi” (2025) — 80 mln dollar byudjet bilan 2,15 mlrd dollar;

6. “Yulduzlar jangi: Qudrat uyg‘onishi” (2015) — 245 million dollarlik byudjet bilan 2,071 milliard dollar;

7. “Qasoskorlar: Cheksizlik jangi” (2018) — 2,052 mlrd dollar, byudjet 321 mln dollar;

8. “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” (2021) — 200 mln dollar byudjet bilan 1,922 mlrd dollar;

9. “Hayvonlar shahri 2” (2025) — 150 mln dollar byudjet bilan 1,7 mlrd dollar;

10. “Boshqotirma 2” (2024) — 200 mln dollar byudjet bilan 1,698 mlrd dollar.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar