Taqvimda allaqachon 2026-yil boshlangan bo‘lsa-da, 2025-yil yakunlariga oid sarhisoblarni davom ettiramiz. Bu safar e’tiboringizga o‘tgan yil davomida Turkiya shou-biznesida eng ko‘p muhokama qilingan aktyor va aktrisalar reytingi haqida so‘z boradi.
1. Hande Erchel
Go‘zalligi, iste’dodi va xalqaro miqyosdagi mashhurligi bilan tanilgan Hande Erchelning ushbu reytingda yetakchilikni qo‘lga kiritdi.
2025-yil Hande Erchel uchun nihoyatda sermahsul davr bo‘ldi. Aktrisaning ishtirokida bir vaqtning o‘zida uchta serial premyerasi bo‘lib o‘tdi, tomoshabinlar va nihoyat “Ikki dunyo, bir istak” filmini ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi. Ushbu loyiha Hande faoliyatida alohida o‘rin tutadi, chunki u unda nafaqat bosh rolni ijro etdi, balki ssenariy hammuallifi sifatida ham ishtirok etdi.
Yil davomida aktrisaning shaxsiy hayoti ham jamoatchilik e’tiborida bo‘ldi. Xakan Sabanji bilan uch yillik munosabatlar yakuniga yetdi. Turk tabloidlarining yozishicha, ajralishga tomonlar o‘rtasidagi ishonch yo‘qolgani sabab bo‘lgan. 2025-yil dekabrida esa aktrisaning taniqli va badavlat prodyuser Onur Gyuvenat bilan munosabatlari borligi haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi. Aktrisa bunga izoh bermay, xulosalar chiqarishga hali erta ekanini ta’kidladi.
2. Demet O‘zdemir
“Ashrafning orzusi” seriali Demet O‘zdemir faoliyatida yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu loyiha orqali u nafaqat iste’dodli aktrisa, balki kuchli vokal qobiliyatiga ega ijodkor sifatida ham e’tirof etildi.
2025-yilda uning ismi, avvalo, “Ashrafning orzusi” serialining muvaffaqiyati sababli eng ko‘p muhokama qilinganlar qatoridan joy oldi.
Demet odatdagidek shaxsiy hayotini omma ko‘zidan yiroq tutishga harakat qilsa-da, turk OAV uni futbolchi Amirxon Topchu bilan munosabatda ekanligini ta’kidlamoqda. O‘g‘uzxon Ko‘ch bilan ajrashganidan so‘ng, Demet yangi munosabatlarga ochiqligini va kelajakda mustahkam oila qurish istagi borligini aytgan.
3. Jan Yaman
2025-yil Jan Yaman uchun ham omadli keldi. Aktyorning uzoq kutilgan “El Turko” hamda “Sandokan: Qaroqchilar shahzodasi” seriallari premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Yoz oylarida Jan mashhur dijey Sara Blyum bilan munosabatda ekani ma’lum bo‘ldi. Bu rishta atrofida turli mish-mishlar tarqaldi, biroq ularning aksariyati aktyor tomonidan rad etildi. Bir muddat o‘tgach, Yaman turmush qurish haqida o‘ylayotganini aytdi, ammo oradan ko‘p o‘tmay juftlik bir-birini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishni to‘xtatdi. Bu esa muxlislar orasida yana savollar uyg‘otdi.
4. Neslihan Atagul
So‘nggi marta 2023-yilda ekranlarda ko‘ringan Neslihan Atagul 2025-yil 6-mart kuni ilk bor ona bo‘ldi. Aktrisa va uning turmush o‘rtog‘i Kadir Dog‘ulu o‘g‘illariga Aziz deb ism qo‘yishdi. Homiladorlik davrida Neslihan turk OAVlarining doimiy e’tibor markazida bo‘ldi.
Farzandi dunyoga kelgach, aktrisa asosan reklama loyihalarida ishtirok etdi. Kinematografiyaga qaytish masalasida esa hozircha aniq rejalari yo‘qligini bildirgan. Shunga qaramay, Atagul yil davomida eng ko‘p muhokama qilingan aktrisalar safidan tushmadi.
5. O‘zan Akbaba
2025-yil O‘zan Akbaba faoliyatida burilish nuqtasiga aylandi. 43 yoshli aktyor nihoyat keng auditoriya e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Bu muvaffaqiyat, avvalo, “Olis shahar” filmidagi Jahon Albora obrazi bilan bog‘liq. Ushbu rol O‘zanga nafaqat Turkiyada, balki xorijda ham mashhurlik olib keldi, aktyorning muxlislari esa qisqa vaqt ichida bir necha baravarga ko‘paydi.
Kechikkan mashhurlik Akbabaning shaxsiy hayotiga yoki xarakteriga ta’sir ko‘rsatmadi. U hanuz oilaparvarligi, kamtarligi va mas’uliyatli xarakteri bilan tanilgan. Aktyor bo‘sh vaqtini faqat oila a’zolariga bag‘ishlaydi, xayriya loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi, maktablar qurilishiga yordam beradi hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlarining ta’lim olishi uchun mablag‘ ajratadi.
Bundan tashqari, O‘zan bir nechta musiqa asboblarida chalishni biladi, qo‘shiqlar yozadi va san’atga ko‘p qirrali yondashuvi bilan hamkasblari orasida alohida hurmatga ega. 2025-yil ko‘plab tomoshabinlar uchun aynan O‘zan Akbaba nomini qayta kashf etgan yil bo‘ldi.
6. Serenay Sarikaya
2025-yil Serenay Sarikaya uchun muhokamalarga boy davr bo‘ldi. 2024-yilda suratga olingan “Rahmat, keyingisi” serialining ikkinchi mavsumi premyerasi may oyida bo‘lib o‘tdi va shundan so‘ng aktrisa kinodagi faoliyatida qisqa tanaffus oldi.
Bunga yil boshida Turkiya shou-biznesini larzaga keltirgan voqealardan biri —Ayshe Barımning hibsga olinishi bo‘ldi. Serenay Sarikaya ko‘plab hamkasblaridan farqli o‘laroq, Barimni ochiq qo‘llab-quvvatladi va bu boradagi pozitsiyasini yashirmadi. Intervyularidan birida u shunday murakkab vaziyatda ishlashni vijdoni ko‘tarmaganini tan oldi.
Aktrisaning xonanda Mert Demir bilan munosabatlari ham yil davomida matbuot e’tiboridan chetda qolmadi. Ularning ishqiy aloqasi borasida turli fikrlar bildirildi. Bundan tashqari, Sarikaya modellik faoliyatini faol davom ettirib, bir nechta nufuzli xalqaro brendlarning yuzi bo‘lib qolmoqda.
7. Chag‘atoy Ulusoy
Chag‘atoy Ulusoyning ismi bu reytingda mutlaqo bejiz tilga olinmadi. U bosh rolni ijro etgan “Ashrafning orzusi” seriali 2025-yil davomida yuqori reytinglarni saqlab qoldi va aktyorning mashhurligini yangi bosqichga olib chiqdi. Shu bilan birga, Ulusoyning gonorarlari ham sezilarli darajada oshdi.
Yil davomida uning shaxsiy hayoti ham ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilindi. U uzoq vaqt davomida munosabatlarini sir tutib kelgan Aslixon Malbora bilan aloqasini ochiq namoyon qila boshladi. Aktyor o‘ziga xos yopiq turmush tarziga qaramay, sevgilisining spektakliga kelib, uni omma oldida qo‘llab-quvvatladi. Bu esa muxlislar va OAV tomonidan iliq kutib olindi.
8. Sinem Unsal
Sinem Unsal uchun 2025-yil haqiqiy yutuqlar yili bo‘ldi. “Olis shahar” serialidagi Alya obrazi unga xalqaro e’tirof olib keldi va aktrisaning ijodiy salohiyatini to‘liq namoyon etdi. Garchi bu loyiha uning birinchi ishlari bo‘lmasa-da, aynan shu rol Unsalni yulduzlar qatoriga olib chiqdi.
Yil oxirida u “GQ: Men of The Year 2025” talqiniga ko‘ra “Yil ayoli” deb topildi. Shuningdek, Sinem Unsalning shaxsiy hayotiga oid mish-mishlar ham muhokamalarni kuchaytirdi. 2025-yil yozida u sevgilisi Berk Jankat bilan yashirin turmush qurgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Tomonlar bu xabarni na rad etdi, na tasdiqladi, biroq o‘zaro baxtli ekanliklarini yashirmadi.
9. Kerem Bursin
Kerem Bursin Turkiyaning eng ko‘p muhokama qilinadigan aktyorlaridan biri bo‘lib qolmoqda. 2025-yilda u “Yurak urishi” serialida bosh rolni ijro etdi, biroq loyiha past reytinglar sabab muddatidan oldin yopildi. Tanqidchilar serial muvaffaqiyatsizligini ssenariy muammolari bilan izohladi.
Shu bilan birga, aktyorning shaxsiy hayoti yana bir bor OAV e’tiborida bo‘ldi. Melisa Tapan Sabanji bilan ajrashganidan so‘ng, Keremning Selin Yagjio‘g‘lu bilan yaqin munosabatlari haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi. Selinning aktyor uyida tushgan suratlari bu mish-mishlarni yanada kuchaytirdi. Keremning muxlislari bu aloqani turlicha talqin qilmoqda, biroq aktyorning o‘zi bu borada izoh berishni ma’qul ko‘rmadi.
10. Burak O‘zchivit
2025-yil Burak O‘zchivit uchun voqealarga boy va ziddiyatli bo‘ldi. Avvalo, uning “Hukmdor Usmon” serialidan kutilmaganda ketishi katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Keyinchalik loyiha butunlay yopildi, bu esa muxlislar orasida turli savollarni keltirib chiqardi.
Shuningdek, yil davomida Burak va rafiqasi Faxriye Evjenning ajrashishi haqidagi mish-mishlar yana avj oldi, biroq bu ham tasdiqlanmadi. Yil oxirida esa aktyor muxlislarini kutilmagan ijodiy qarori bilan hayratda qoldirdi: u “Istanbulning eng go‘zal qizi” nomli monospektaklini sahnalashtirdi. Ushbu loyiha Burak uchun mutlaqo yangi tajriba bo‘ldi.
Burak O‘zchivit ko‘p yillardan beri Turkiyaning eng ko‘p talabga ega, yuqori gonorarli va doim muhokama qilinadigan aktyorlaridan biri bo‘lib qolmoqda.








