Daryo

Eronda markaziy bank rahbari iste’fo berdi

Bu keskin inflyatsiya va pul qadrsizlanishi bilan izohlanmoqda. Iqtisodiy vaziyatning og‘irlashishi poytaxt Tehronda norozilik namoyishlariga sabab bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qish3 792 ko‘rishlar0 izoh1

Eron Markaziy banki rahbari Muhammad Rizo Farzin mamlakatda milliy valyuta — rialning rekord darajada qadrsizlanishi va yuqori inflyatsiya sharoitida o‘z lavozimidan iste’fo berdi. Bu haqda Al Arabiya xabar beradi.

Eron bozorida 29-dekabr kuni rial kursi yana bir tarixiy antirekordni yangiladi: 1 AQSH dollari 1 390 000 rialga teng bo‘ldi. Iqtisodiy vaziyatning og‘irlashishi poytaxt Tehronda norozilik namoyishlarini keltirib chiqardi. Xususan, do‘kon egalari va tadbirkorlar iqtisodiy inqirozga qarshi o‘z e’tirozlarini bildirmoqda.

Yangi tayinlov va kutilayotgan o‘zgarishlar

Muhammad Rizo Farzin 2022-yil dekabr oyidan beri Markaziy bankni boshqarib kelayotgan edi. Prezident ma’muriyati vakilining xabar berishicha, uning iste’fosini prezident Mas’ud Pezeshkiyan ko‘rib chiqadi. Shu bilan birga, mahalliy OAV Eron sobiq iqtisodiyot vaziri Abdolnosir Hemmatiy yaqin vaqt ichida Markaziy bankning yangi rahbari etib tayinlanishini xabar qilmoqda.

Eron iqtisodiyoti G‘arb sanksiyalari, xususan, 2018-yilda AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan qayta joriy etilgan cheklovlar tufayli jiddiy zarar ko‘rgan. Bu taqiqlar Eronning neft eksporti va xorijiy valyutaga bo‘lgan imkoniyatlarini keskin cheklab qo‘ygan.

Qayd etilishicha, hukumat tomonidan yaqinda amalga oshirilgan iqtisodiy liberallashtirish siyosati ochiq bozordagi valyuta kursiga qo‘shimcha bosim o‘tkazgan. Ma’lumot uchun, Eron fuqarolari xorijiy valyutani ochiq bozordan sotib oladi, biznes subyektlari esa davlat tomonidan tartibga solinadigan kurslardan foydalanadi.

Iqtisodiy prognozlar xavotirli

Eron iqtisodiyoti chuqur retsessiya (turg‘unlik) xavfi ostida qolmoqda. Jahon banki prognozlariga ko‘ra:

  • 2025-yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 1,7 foizga qisqaradi;
  • 2026-yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 2,8 foizni tashkil etadi.
Vaziyatni keskin inflyatsiya yanada murakkablashtirmoqda. Eron Statistika markazi ma’lumotlariga ko‘ra, oktyabr oyida inflyatsiya darajasi so‘nggi 40 oydagi eng yuqori ko‘rsatkich — 48,6 foizga yetgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar