Daryo

Afgʻonistonda 62 yillik kinoteatr buzib tashlandi

“Tolibon” vakili Ariana kinoteatri o‘rnida savdo markazi qurilishini aytdi. Kinoteatr hind va jangari filmlari bilan mashhur bo‘lib, Fransiya ko‘magida qayta tiklangandi.

1 daqiqa o‘qish13 636 ko‘rishlar0 izoh4

Afgʻonistonning Kobul markazida joylashgan tarixiy Ariana kinoteatri zamonaviy savdo markazi qurish uchun butunlay buzib tashlandi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Kinoteatr ilk bor 1963-yilda tomoshabinlar uchun o‘z eshiklarini ochgan. Uni buzish ishlari 2025-yil 16-dekabrda boshlangan.

Bu orqali nafaqat g‘isht va sementdan iborat bino, balki barcha qiyinchiliklar va jiddiy xavfsizlik muammolariga qaramay san’atini tark etmagan afg‘on kino ixlosmandlari ham yo‘q qilinmoqda. Afsuski, tarixiy Afg‘onistonga oid barcha belgilar barbod etilmoqda, dedi afg‘on kinorejissyori va aktyor Amir Shoh Talash.

“Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyatni egallaganidan so‘ng Fransiyada yashab kelayotgan Talash Ariana kinoteatrining buzilgani “juda og‘riqli va qayg‘uli xabar” ekanini aytdi. U 2004-yildan buyon Afg‘oniston kino sanoatida faoliyat yuritib kelgan.

2021-yilda AQSH va NATO qo‘shinlarining chiqib ketishidan so‘ng hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” kino va musiqa kabi ko‘ngilochar faoliyatning aksar turlarini taqiqladi. Shuningdek, barcha kinoteatrlarni yopdi. 2025-yil 13-may kuni Afg‘oniston Kino boshqarmasi faoliyati tugatildi. Shahar markazidagi tirband chorrahada joylashgan Ariana yopildi va uning taqdiri uzoq vaqt noaniq bo‘lib qoldi. Keyinchalik Kobul rasmiylari zamonaviy peshtoqi bilan tanilgan kinoteatr o‘rnida yangi savdo majmuasi qurishga qaror qildi.

Kinoteatrlar ham o‘ziga xos tijoriy faoliyat hisoblanadi. Bu hudud to‘liq savdo zonasi bo‘lib, u yerda yaxshi bozor yaratish imkoniyati bor, dedi Kobul munitsipaliteti vakili Niamatulloh Barakzay.

Ariana kinoteatri 2004-yilda Fransiya hukumati ko‘magida qayta tiklangan edi. Bu yerda ayniqsa hind va jangari filmlar mashhur bo‘lgan. Shuningdek, mahalliy kino sanoati jonlanishi ortidan afg‘on filmlari ham namoyish etila boshlangan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar