Daryo

Qozogʻistonda 16 yosh qizni zoʻrlab oʻldirgan oʻzbekistonlik umrbodga qamaldi

Qiz ishdan uyga qaytayotganida yo‘qolib qolgan. Ertasi kuni uning jasadi bolalar bog‘chasi yaqinidan topilgan.

1 daqiqa o‘qish50 825 ko‘rishlar1 izoh20

Qozogʻistonning Turkiston viloyatida 16 yoshli qizni avval zoʻrlab, keyin oʻldirgan 38 yoshli oʻzbekistonlik erkak umrbodga qamaldi. Bu haqda Almaty.tv xabar berdi.

Sudlanuvchiga maksimal jazo — umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, u marhumaning oilasiga 50 million tenge (98 ming dollardan ortiq) miqdorida ma’naviy zararni qoplashi kerak bo‘ladi. Tergov davomida gumonlanuvchi aybiga to‘liq iqror bo‘lmagan, biroq sud tergov dalillarini yetarli va ishonchli deb topgan. 

“Isamedinovga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlansin, shuningdek, pedagogik lavozimlarni egallash va voyaga yetmaganlar bilan ishlash huquqidan mahrum qilinsin. Jazoni jinoyat-ijro tizimi muassasasida o‘tash belgilansin”, deya hukmni o‘qib eshittirdi Turkiston viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tumanlararo sudi raisi Dauren Madaliyev. 

​Jinoyat 2025-yilning iyun oyida O‘rdabasi tumanidagi To‘rtko‘l qishlog‘ida sodir boʻlgan. Kollej talabasi do‘kondagi ishidan uyga qaytayotganida yo‘qolib qolgan. Ertasi kuni politsiya uning jasadini bolalar bog‘chasi yaqinidan topgan. 

Jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, savdo shoxobchasi yaqinida ishlagan xorijlik shaxs qo‘lga olingan. Jinoyat ishi uchta modda: qotillik, zo‘rlash va zo‘ravonlik bilan jinsiy xarakterdagi harakatlar bo‘yicha qo‘zg‘atildi. Sud jarayoni yopiq tarzda boʻlib oʻtdi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar