Daryo

Leonardo Di Kaprio “Titanik”ni hech qachon tomosha qilmaganini tan oldi

Aktyor o‘zining ishtirokidagi barcha filmlarini umuman ko‘rmasligini aytdi va boshqa aktyorlarga ham shunday qilishni maslahat berdi.

1 daqiqa o‘qish13 642 ko‘rishlar0 izoh5

Gollivud aktyori, “Oskar” mukofoti sovrindori Leonardo Di Kaprio aktrisa Jennifer Lourens bilan Variety jurnaliga bergan intervyusida “Titanik” filmini hech qachon ko‘rmagani haqida so‘zlab berdi. Suhbat davomida Lourens Di Kapriodan so‘radi:

“Siz deyarli 30 yil oldin ekranlarga chiqqan ‘Titanik’ni qayta ko‘rib turasizmi?” Di Kaprio javoban: “Yo‘q, avval ham ko‘rmaganman”, dedi.

Aktyor suhbat chog‘ida o‘zining ishtirokidagi barcha filmlarni umuman ko‘rmasligini ham ta’kidladi va Jennifer Lourensdan ham shunday qilishni so‘radi. Bu intervyu esa aktyorning kinoga bo‘lgan o‘ziga xos yondashuvini ochib berdi: Di Kaprio ko‘pincha o‘z ishlarini qayta tomosha qilmaydi, chunki ular bilan bog‘liq xotiralarni yangi loyihalar yaratishga saqlab qolishni afzal ko‘radi.

Jennifer Lourens esa aktyorga tavsiya berdi: “Men hech qachon ‘Titanik’ka o‘xshash filmda suratga tushmaganman, lekin agar suratga tushsam, albatta, ko‘rgan bo‘lardim. Siz ham filmga bir imkon bering, uni ko‘ring”.

Shuningdek, Lourens suhbat davomida bir marta “Amerikacha firibgarlik” filmini ko‘rishga qaror qilganini, chunki unda o‘ynashga qarshi emasligini tushunish uchun shunday qilganini aytdi. Aktrisa filmni ko‘rgan, ammo natijada qanday javob berganini eslay olmadi.

“Titanik” filmi 1997-yilda rejissyor Jeyms Kemeron tomonidan suratga olingan va dunyo bo‘ylab kino tarixidagi eng muvaffaqiyatli filmlardan biriga aylangan. Filmda Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslet bosh rollarni ijro etgan, ularning obrazi butun dunyo tomoshabinlari tomonidan yuqori baholangan. Film 11 ta “Oskar” mukofoti, shu jumladan, “Eng yaxshi film” va “Eng yaxshi rejissyor” nominatsiyalarida g‘olib bo‘lgan.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar