Daryo

Sovuq mavsumda organizmni energiya bilan ta’minlovchi mahsulotlar

Qishda inson o‘zini holsiz his etmasligi uchun vitaminga boy mahsulotlarni iste’mol qilishi juda muhim hisoblanadi.

2 daqiqa o‘qish7 871 ko‘rishlar0 izoh2

Kuz-qish mavsumida kishi o‘zini holsiz his qiladi, tongda karavotdan turish va ishga kirishish odatdagidan qiyinroq bo‘ladi. Kechga borib esa xuddi energiya qolmagandek tuyuladi. Bunday vaqtda tetiklashish uchun bir qancha usullardan foydalanish mumkin. Jismoniy faol bo‘lishdan tashqari, toza havoda sayr qilish va vitaminga boy mahsulotlarni iste’mol qilish hayotiy quvvatning tiklanishiga hissa qo‘shadi. Qaysi mahsulotlar bu borada ayni muddao ekani haqida ma’lumot beramiz.

Qahva

Foto: Marie Claire

Tarkibida kofein bo‘lgan qahva tetiklashtiruvchi mahsulotlar orasida chempion sanaladi. Energiyaga to‘la bo‘lish uchun qahvaning bir finjoni samarali yordam beradi. Yog‘siz sut qo‘shib tayyorlangan qahva organizmni kalsiy, D vitamini, energiya uchun muhim bo‘lgan uglevod bilan ta’minlaydi.

Donli yormalar

Qomati buzilishini istamaganlar uchun yormadan tayyorlangan nonushtadan yaxshisi yo‘q. Don mahsulotlari glyukozaning qonda uzoq vaqt bo‘lishini ta’minlagani sabab ham uning iste’molidan keyin kishi o‘zini kun bo‘yi energiyaga to‘la his qiladi.

Tuxum

Foto: Marie Claire

Tuxum sarig‘ida taomni energiyaga aylantirish xususiyatiga ega bo‘lgan va D vitamining tanqisligini qoplab, suyaklarni mustahkamlovchi B vitamini bisyor. Qolaversa, u energiya bilan ta’minlash uchun muhim sanalgan oqsilga ham boy.

Yong‘oq va quritilgan mevalar

Yong‘oq va quritilgan mevalar foydali yog‘ va oqsilning umumlashmasi sifatida yaxshi ma’lum. Yong‘oq hamda pistalar tarkibidagi yog‘lar organizmni energiya bilan ta’minlagani bois ham ularning iste’molidan so‘ng kishi o‘zini kuchga to‘la va yaxshi his qiladi.

Choy

Foto: Marie Claire

Choy kishini tetiklashtirishdan tashqari, organizm suvsizlanishiga qarshi yaxshi samara beradi. Ko‘ki yoki qorasini ichishning farqi yo‘q. Energiya berib, sovuqda organizmga kerakli vitaminlar bilan ta’minlaydigan mevali choy ichsangiz yana yaxshi. Qolaversa, asal qo‘shilgan giyohli choy ham sog‘lik uchun foydali. U qahvadan farqli o‘laroq, biroz sekinroq tetiklashtiradi.

Apelsin sharbati

Uyqusi chala bo‘lgan va tiniqib uxlamaganlar uchun sitrus mevalardan yaxshisi yo‘q. Apelsin sharbatida C vitamini bisyor bo‘ladi. Laym va limon ifori esa miya faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi. Sitrus mevalar kuz va qishda, ayniqsa, ko‘p uchraydigan shamollash kasalliklarining oldini oladi.

Olma

Olma mushak hujayralarining ko‘proq energiya ishlab chiqarishiga ta’sir qiladigan kversеtinning koni. Shu bois ham uni iste’mol qilishni kanda qilmaslik maslahat beriladi.

Shokolad

Foto: Marie Claire

Shokoladning bir butuni bir necha soat davomida tetik bo‘lishni ta’minlaydi. Tong bir bo‘lak shokolad bilan boshlansa, organizm kerakli energiyaga ega bo‘ladi. Buning uchun tarkibida shakar kam bo‘lgan qora shokolad iste’mol qilish kerak.

Qashqadaryo viloyatidanman. 2024-yilda Oʻzbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yildan buyon Lifestyle tahririyati muxbiri lavozimida ishlayman. Dostoyevskiy asarlarini, Rashod Nuri Guntekinning “Yashil kecha”sini, oʻzbek adabiyotidan “Ikki eshik orasi”, “Muvozanat” asarlarini sevib mutolaa qilaman. “Oq kema”(Chingiz Aytmatov asari), “Yettinchi boʻlmadagi moʻjiza” (Turkiya),“Majnuntol” (Eron) filmlarini yaxshi koʻrib tomosha qilaman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar