Daryo

Ellik yoshda ham silliq teri va sarvqomatlik: nima uchun xitoylik ayollar qarimaydi?

​Muntazam jismoniy mashqlarsiz qomatni chiroyli saqlab qolish mumkin emas, chunki tonus uchun mushaklar javobgar. Misol uchun, 50 yoshli xitoylik ayol Lyu Eylin yigirma yoshida birinchi marta sport bilan shug‘ullanishni boshlaganini eslaydi.

2 daqiqa o‘qish12 736 ko‘rishlar0 izoh5

Tayvan va xitoylik ayollarning ko‘rinishi hamda yoshi hammani hayratda qoldirishi aniq. Quyida tanishtirib o‘tadigan bugungi qahramonlarning eng kichigi 42 yoshda. Ularning oddiy maslahatlariga amal qilgan holda ajoyib natijaga erishish va yosh ko‘rinishni saqlab qolish mumkin.

Quyoshdan himoyalanish

Foto: The Voice Mag

40 yoshda ham terini quyoshdan himoya qiluvchi 20 faktorli mahsulotlarni qo‘llash kerak. Osiyolik ayollarning yuzi juda sezgir bo‘lib, qarish belgilarini to‘xtatish uchun ular hamma narsani qiladi. Quyoshdan himoya qiluvchi kremlar ularga bunda yordam beradi, ayollar har qanday ob-havoda ushbu vositadan foydalanadi va hatto uydan chiqmasalar ham. Agar xitoylik ayollar quyoshli kunda tashqariga chiqmoqchi bo‘lsa, ular o‘zi bilan qo‘lqop, keng qirrali shlyapa va hatto soyabonlarni olib ketadi.

“Yorqin” parhez

Foto: Voice Mag 


​

Xitoy aholisi terining rangi ko‘p jihatdan parhezga bog‘liqligiga amin. Bu kulgili ko‘rinadi, lekin ko‘plab osiyolik ayollar ochiq rangli mahsulotlar (sut, baliq, oq go‘sht) yuz rangiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va unga yorqinlik beradi, deb hisoblaydi. Qahva, qizil go‘sht, shokolad va boshqa quyuq rangli mahsulotlar esa teskari ta’sirga ega.

Ko‘proq choy, kamroq qahva

Foto: Voice Mag 

Sevimli tetiklantiruvchi ichimlikni nimaga almashtirish mumkin? Shubhasiz, xitoylik ayollar ko‘k yoki o‘simlik choylariga, deb javob beradi. Osiyolik ayollarning fikriga ko‘ra, choy organizmni zararsizlantirish, zararli moddalarni chiqarib tashlash va shu bilan birga terining yoshligini hamda uning yangi ko‘rinishini saqlashda ishtirok etadi. Choydan tashqari, ularning ratsionida suv, shakarsiz smuzi va limonadlar mavjud.

Sport

​Muntazam jismoniy mashqlarsiz qomatni chiroyli saqlab qolish mumkin emas, chunki tonus va taranglik uchun mushaklar javobgar. Misol uchun, 50 yoshli xitoylik ayol Lyu Eylin yigirma yoshida birinchi marta sport bilan shug‘ullanishni boshlaganini eslaydi. 30 yillik mashg‘ulot tajribasi blogerga ajoyib ko‘rinishni taqim etdi.

Oqartiruvchi mahsulotlar 

Foto: Voice Mag   


Pigmentga qarshi krem, gel va niqoblar Xitoy va Tayvan go‘zallarining kosmetika sumkasida bo‘lishi aniq. Ularning tarkibidagi kislotalar epidermisning sirt qatlamini yengillashtirishga va terini tezda tiklashga imkon beradi va beta-karotin kabi ingrediyentlar yosh o‘tishi bilan paydo bo‘ladigan dog‘larini qo‘zg‘atuvchi gormon — melatonin ishlab chiqarishni sekinlashtiradi.

Kamroq olov

Foto: Voice Mag 


Xitoylik ayollarning ba’zi ovqatlanish odatlari an’anaviy Sharq falsafasi bilan belgilanadi. U spirtli ichimliklar, achchiq va qizarib pishgan ovqatlarni ko‘p iste'mol qilmaslikni talab qiladi. Buning o‘rniga osiyolik ayollar o‘z ratsionini tofu, bodring, suv o‘tlari, bug‘doy va bambuk novdalari kabi oziq-ovqatlar bilan to‘ldirishga harakat qiladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. 2024-yilda Oʻzbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yildan buyon Lifestyle tahririyati muxbiri lavozimida ishlayman. Dostoyevskiy asarlarini, Rashod Nuri Guntekinning “Yashil kecha”sini, oʻzbek adabiyotidan “Ikki eshik orasi”, “Muvozanat” asarlarini sevib mutolaa qilaman. “Oq kema”(Chingiz Aytmatov asari), “Yettinchi boʻlmadagi moʻjiza” (Turkiya),“Majnuntol” (Eron) filmlarini yaxshi koʻrib tomosha qilaman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar