Daryo

Kinodagi rollari uchun grim yordamida “qaritilgan” Gollivud yulduzlari

Jahon kinoyulduzlari aksariyat hollarda filmdagi obrazi uchun “keksayishga” ham rozi bo‘lishadi. Bu orqali ular yoshlarini grim ortiga berkitishga va tashqi ko‘rinishini o‘zgartirsh uchun hatto besh soatdan ko‘proq vaqt sarflashga tayyor.

2 daqiqa o‘qish2 966 ko‘rishlar0 izoh0

Filmdagi roli uchun aktyor va aktrisalar tashqi ko‘rinishini tubdan o‘zgartirishga va bo‘yanish uchun besh soatdan ham ko‘proq vaqt sarflashga tayyor. Quyidagi “keksa odamlar”ga aylangan mashhurlarni grimda tanib olish deyarli imkonsiz.

Keyt Uinslett

Foto: “Noviy ochag”

“Kitobxon” filmida Uinslet 20 yil qamoq jazosini o‘tagan Osvensim konslagerining keksa nazoratchisi rolini o‘ynaydi.

Bred Pitt

Foto: “Noviy ochag”

Ushbu “Benjamin Battonning sirli hikoyasi” (The Curiouscase of Benjamin Button) filmida qariya sifatida ko‘rinish berish uchun Bredd Pitt 5 soat pardoz stoli qarshisida o‘tirgan.

Jonni Depp

Foto: “Noviy ochag”

“Qora Messa” (Black Mass) filmida aktyor 19 ta qotillikni uyushtirib, shu bilan birga, FQBga ishlaydigan Uaytri Baljer ismli qahramonni gavdalantirgan. Taqdiri oddiy kechmaydigan qahramonning ko‘rinishi Jonnining asl qiyofasidan keskin farq qiladi.

Mila Yovovich

Foto: “Noviy ochag”

“Yovuzlik maskani” (Resident Evil)ning so‘nggi qismida aktrisa 44 yoshga “qarigan”. Uni bu holga keltirish uchun naqd 4 soat vaqt sarflangan.

Gari Oldman

Foto: “Noviy ochag”

Aktyor Frensis Ford Koppolaning “Drakula” filmida Brem Stokerning romanidagi mashhur graf-vampir sifatida ko‘rinish bergan.

Tilda Suinton

Foto: “Noviy ochag”

“Grand Budapesht mehmonxonasi” (The Grand Budapest hotel) filmida Tilda badavlat va g‘alati kampir rolini ijro qilgan.

Jim Kerri

Foto: “Noviy ochag”

Afsonaviy komik aktyor “Lemoni Sniket: 33 baxtsizlik” (Lemony Snicket’s a series of unfortunate events)da yovuz graf — Olaf rolini ijro qilgan.

Meril Strip

Foto: “Noviy ochag”

Klassik ertaklar motivi asosida suratga olingan “O‘rmon ichida” (Into the woods) filmida aktrisa yoqimsiz jodugar sifatida ko‘rinish bergan.

Nikol Kidman

Foto: “Noviy ochag”

“Ko‘l tepasi” (Top of the lake) detektiv serialining ikkinchi mavsumida Nikol yoshi o‘tgan qahramonni gavdalantirgan.

Demi Mur

Foto: “Noviy ochag”

O‘g‘rilik haqida hikoya qiluvchi “Benuqson” (Flawless) filmida Demi Mur oq sochli parik kiyib, ajinlar bilan ko‘rinish bergan.

Vaynona Rayder

Foto: “Noviy ochag”

18 yashar Vaynona “Qaychiqo‘l Edvard” (Edward scissorhands)da keksa qahramonni gavdalantirishdan cho‘chimagan.

Julianna Mur

Foto: “Noviy ochag”

Aktrisa faqatgina ekranda qarishi mumkin. “Soatlar” (The hours) filmi ekran yuzini ko‘rganidan buyon 17 yil vaqt o‘tganiga qaramay, aktrisa tobora yosharayotgandek ko‘rinadi.

Leonardo Di Kaprio

Foto: “Noviy ochag”

Klint Istvudning “J.Edgar” siyosiy dramasida barcha Leonardo Di Kaprio va boshqa aktyorlar ham qariydi. Gap shundaki, filmda voqealar 60 yil davom etadi.

Helena Bonem Karter

Foto: “Noviy ochag”

Aktrisaning sobiq turmush o‘rtog‘i Tim Bartonning filmlari haqida gapiradigan bo‘lsak, Helena ularda turli eksperimentlarni sinab ko‘rgan. Shu jumladan, “Katta baliq” filmida ham.

Monika Beluchchi

Foto: “Noviy ochag”

Turk va Eron ijodkorlari tomonidan ishlangan “Karkidonlar mavsumi” (Fasle kargadan) dramasida Monika yoshi o‘tib, sochlarini oq bosgan qahramon sifatida ko‘rinish bergan.

Qashqadaryo viloyatidanman. 2024-yilda Oʻzbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yildan buyon Lifestyle tahririyati muxbiri lavozimida ishlayman. Dostoyevskiy asarlarini, Rashod Nuri Guntekinning “Yashil kecha”sini, oʻzbek adabiyotidan “Ikki eshik orasi”, “Muvozanat” asarlarini sevib mutolaa qilaman. “Oq kema”(Chingiz Aytmatov asari), “Yettinchi boʻlmadagi moʻjiza” (Turkiya),“Majnuntol” (Eron) filmlarini yaxshi koʻrib tomosha qilaman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar