Daryo

“Venesuela havo hududi yopildi” — Tramp

AQSH prezidenti Venesuela havo hududi yopilganini e’lon qilib, aviakompaniya va narkosavdogarlardan mamlakat uzra uchmaslikni va tashrif buyurmaslikni so‘radi.

1 daqiqa o‘qish2 422 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp 29-noyabr kuni Venesuela havo hududi yopilganini aytib, mamlakat uzra uchmaslik haqida ogohlantirdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Tramp oʻzining Truth Social platformasida quyidagicha post qoldirgan:

“Barcha aviakompaniyalar, uchuvchilar, narkosavdogarlar va odam savdogarlariga: venesuela atrofidagi havo hududini butunlay yopilgan deb hisoblang”.

AQSH prezidenti bu borada qoʻshimcha tafsilot bermagan. Ammo bundan oldin Qo‘shma Shtatlar aviatsiya tashkiloti yirik aviakompaniyalarga Venesuela ustidan uchish paytida ehtiyot bo‘lish haqida ogohlantirgandi.

Tramp Maduroga qarshi bosimni oshirmoqda

Trampning mazkur ogohlantirishi uning maʼmuriyati Venesuelaning soʻl qanot yetakchisi Nikolas Maduroga bosimni kuchaytirayotgan bir paytga toʻgʻri kelmoqda. AQSH kuchlari Karib dengiziga dunyodagi eng yirik aviatashuvchi kemadan foydalangan holda katta miqdorda harbiy kuchlarni joylashtirgan.

Vashington ushbu harbiy harakatlar giyohvand moddalar savdosini jilovlashga qaratilganini aytmoqda. Biroq Maduro, Tramp uning hukumatni oʻzgartirishga intilayotganini taʼkidlamoqda. Sentyabr oyining boshidan buyon AQSH kuchlari Karib dengizi va Tinch okeanining sharqiy qismida suzayotgan 20 dan ortiq Venesuelaga tegishli kemaga zarba bergan. Vashington bu kemalarni giyohvand moddalar kontrabandasiga bog‘liqligini da’vo qiladi, ammo bunga dalil taqdim etmagan. Zarbalar oqibatida 80 dan ortiq odam halok boʻlgan.

Ayni paytda, Tramp 27-noyabr kuni Venesueladagi giyohvand moddalar savdosini jilovlash boʻyicha quruqlikdagi operatsiyalar tez orada boshlanishi haqida ogohlantirgan edi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar