Daryo

Afg‘onistondan Tojikiston chegarasiga qurolli hujum uyushtirildi

Dronlar yordamida amalga oshirilgan hujumda uch kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar Xitoy fuqarolari ekani ma’lum qilindi.

1 daqiqa o‘qish10 119 ko‘rishlar0 izoh13

Tojikiston chegarasiga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 26-noyabrga o‘tar kechasi Afg‘oniston hududidan “Shohin SM” MCHJ xodimlariga qurolli hujum uyushtirilgan. Hodisa Xatlon viloyatining Shamsiddin Shohin tumanida joylashgan “Yo‘l” chegara otryadi mas’ul hududda sodir bo‘lgan.

O‘qotar qurol va granatalar bilan jihozlangan dron yordamida amalga oshirilgan hujumda “Shohin SM” MCHJning uch nafar xodimi, jumladan, Xitoy fuqarolari halok bo‘lgan.

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda joylashgan jinoiy guruhlar chegara oldi hududlarda vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan harakatlarni davom ettirayotganini ta’kidladi. Tojikiston tomoni chuqur tashvish bildirgan holda jinoiy guruhlar harakatini keskin qoraladi. Shuningdek, Afg‘onistonning amaldagi rasmiylarini qo‘shni davlat chegarasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha samarali choralar ko‘rishga chaqirdi.

Ma’lumot o‘rnida, “Tolibon”ning Badaxshon viloyati gubernatori Ismoil G‘aznaviy boshchiligidagi delegatsiya hozirda Tojikistonda bo‘lib turibdi. Tashrif xavfsizlik masalalarini muhokama qilish maqsadida amalga oshirilgan. “Tolibon” gubernatori Tojikiston Milliy xavfsizlik xizmati bosh shtabi rahbari va boshqa rasmiylar bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar