Daryo

Sovuq kunlarda viruslarga qarshi va immunitetni mustahkamlovchi 5 ta mahsulot

Qish faslida doimgidan ham ko‘ra ko‘proq kerakli vitamin, mineral va boshqa elementlar yetishmaydi. Shu sababdan charchoq va turli xil kasalliklar bezovta qiladi.

2 daqiqa o‘qish3 365 ko‘rishlar0 izoh2

Qish faslida doimgidan ham ko‘ra ko‘proq kerakli vitamin, mineral va boshqa elementlar yetishmaydi. Shu sababdan charchoq va turli xil kasalliklar bezovta qiladi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun ratsionga C vitaminiga boy ovqatlar, shuningdek, mavsumiy sabzavot, meva va ko‘katlarni kiritish kerak.

Zanjabil

Aslida zanjabil ildizining afzalliklari haqida ko‘pchilik biladi va uni shamollash, gripp davrida muntazam iste’mol qilish odati mavjud. Zanjabilning yana bir foydali jihati shundaki, u ortiqcha vazn kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Buning uchun har kuni och qoringa nonushta qilishdan avval zanjabil ichish kerak. Retsept esa oddiy, zanjabil maydalanib, suvga solinadi. Ustidan limon sharbati va asal qo‘shilib, muzlatkichda bir kechaga qoldiriladi. Hosil bo‘lgan damlamani 3—5 kun davomida ichish mumkin.

Klyukva (qizil nordon meva)

Ko‘pchilik nordon ta’mi tufayli klyukvani yaxshi ko‘radi. Ammo ushbu sevimli mahsulotni bir yildan ko‘p saqlash imkoni borligini bilmaydi. Buning uchun uni suvda, yopiq idishda saqlash yoki sharbat va souslar ham tayyorlash mumkin. Klyukva tarkibida juda ko‘p miqdordagi C vitamini immunitetni oshirish uchun yordam beradi.

Anor

Qishda eng foydali mevalardan biri anordir. Uning tarkibida C vitamini, foliy kislotasi va antioksidantlar mavjud. Bular sovuq mavsumda juda muhim hisoblanadi. Undan vitaminga boy sharbat tayyorlash mumkin. Shuningdek, anor donachalarini iste’mol qilish yoki salat va taomlarga ham qo‘shish tavsiya etiladi.

Sitrus mevalar

Apelsin, mandarin, greypfrut va boshqalar juda ko‘p miqdordagi C vitaminini o‘z ichiga oladi va sovuq mavsumda kasal bo‘lmaslikka yordam beradi. Shuning uchun ham qishni sitrus mevalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ularni shunchaki o‘zini iste’mol qilish mumkin. Yoki sharbat, salat va shirinliklar bilan birgalikda tanovul qilish mumkin.

Sitrus va tropik mevalar importi bojxona bojidan ozod qilindi

Ko‘katlar

Ko‘katlar zaiflashgan immunitet tizimi uchun haqiqiy ko‘makchi sanaladi. Uning tarkibida organizmning himoya kuchini oshiradigan muhim antioksidantlar mavjud. Mutaxassislar ko‘katlarni ortiqcha vazndan qutulishda hamda immunitet uchun foydali mahsulot sifatida tavsiya etadi.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar