Daryo

Qirgʻizistonda xususiy avtomaktablar yopiladi

Davlat avtomaktabida o‘qish muddati 14 oyni tashkil etadi. Har uch oyda amaliyot o‘taladi. Mamlakatda yangi namunadagi “prava”lar joriy etildi.

1 daqiqa o‘qish6 704 ko‘rishlar0 izoh0

Qirg‘izistonda 2026-yildan boshlab xususiy avtomaktablar faoliyati to‘xtatiladi. Mamlakatda faqat davlat avtomaktablari qoladi yoki maktablarda qo‘shimcha darslar joriy etiladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti ishlari boshqaruvchisi Qanibek Tumanbayev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, noyabr oyidan boshlab yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari berila boshlandi.

Ilgari eski “prava” chet elda oʻtmagan boʻlsa, yangisi bilan istalgan davlatga kirish mumkin. 2026-yildan boshlab mamlakatda xususiy avtomaktablar faoliyatini to‘xtatadi, faqat davlat avtomaktablari qoladi yoki maktabda qo‘shimcha dars joriy etiladi. Davlat avtomaktabida o‘qish muddati har uch oyda amaliyot o‘tash bilan 14 oyni tashkil etadi, dedi Qanibek Tumanbayev.

Foto: Qirgʻizistonda yangi namunadagi “prava” / “Kabar”

Shuningdek, oktyabr oyida Vazirlar Mahkamasi raisi Odilbek Qosimaliyev “Transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim faoliyatini litsenziyalashga vaqtinchalik taqiq joriy etish to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi.

Moratoriy 2025-yil 20-oktyabrdan 2027-yil 31-dekabrgacha amal qiladi va u davlat ta’lim muassasalariga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bundan tashqari, may oyida Qirg‘izistonda xorijiy avtomobillar uchun yangi qoidalar kuchga kirgan.

Oktyabr oyida esa Qozog‘istonda texnik reglamentga o‘zgartirish kiritilib, shaxsiy foydalanish uchun faqat ayrim toifadagi transport vositalarini olib kirish mumkinligi belgilangan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar