Daryo

Issiqkoʻlda yangi shahar qurilishi boshlandi

Asman City uchun umumiy 4 ming gektardan ortiq yer ajratilgan. Bu Qirg‘iziston tarixidagi eng yirik loyihalardan biri hisoblanadi.

1 daqiqa o‘qish7 036 ko‘rishlar0 izoh1

Issiqko‘lda umumiy maydoni 4 ming gektardan ortiq yangi Asman shahri qurilishi boshlandi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Yangi shahar loyihasi Qirg‘iziston tarixidagi eng yirik loyihalardan biri hisoblanadi. Qurilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va loyihani xususiy qurilish kompaniyalari bajaradi. Investitsiyalar bo‘yicha milliy agentlik rahbari Ravshan Sobirovga koʻra, bir firmaga 100 gektar, ikkinchisiga esa 80 gektar yer ajratilgan.

“Biz barcha qurilish kompaniyalarini shaharni barpo etishda ishtirok etishga taklif qilamiz. Shartlar hamma uchun bir xil. O‘z loyihalari va innovatsion g‘oyalarini amalga oshirmoqchi bo‘lganlar Asman direksiyasiga murojaat qilishi mumkin”, dedi u.

​

Dastlab, mahalliy kompaniyaga qurilish uchun 100 gektar, loyihaning bosh hamkori etib tayinlangan Xitoy kompaniyasiga esa 50 gektar yer ajratilgani haqida xabar berilgandi.

Asman rivojlangan infratuzilma, turar joy mavzelari, dam olish maskanlari va innovatsion boshqaruv texnologiyalariga ega zamonaviy shahar sifatida loyihalashtirilgan. 2023-yilda prezident Sadir Japarov 500–700 ming aholiga mo‘ljallangan ekologik toza shahar qurilishiga kapsula qo‘ygan edi.

Biroq xalqaro hamkorlar “yashil shahar”ni qurish konsepsiyasiga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilgan. Shundan soʻng loyihaning amalga oshirilishi to‘xtatildi. Natijada, vazirlar mahkamasi investorlar bilan kelishuvni bekor qilgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar