37 yoshli irlandiyalik aralash jang san’ati (MMA) ustasi, sobiq ikki karra UFC chempioni (66 kg va 70 kg vazn toifalarida) Konor Makgregor, amerikalik Maykl Chendler bilan Oq uyda bo‘lib o‘tadigan turnirda jang jang qilishni istayotganini ma’lum qildi.
Irlandiyalik sportchi jurnalist Ariel Helvani bilan suhbat chog‘ida o‘zining kelajagi hamda Oq uydagi UFC oqshomidagi raqibi haqida gapirdi:
“Men Oq uyda o‘tadigan UFC turnirida qatnashaman. Bu jarayon menga zavq bag‘ishlaydi, ammo men hayolparast emasman. Asosiy maqsadim — aralash jang san’atiga qaytish. Men Oq uyda Maykl Chendler bilan jang qilishni xohlayman. Yaqin orada yaxshi yangilik bo‘ladi”, dedi Makgregor.
Ma’lumot uchun, Oq Uyda bo‘lib o‘tadigan turnir AQSH mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlab, 2026-yilning iyun oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor 2021-yil iyuldan buyon jang o‘tkazmayapti. U oxirgi marta UFC 264 turnirida qatnashgan bo‘lib, birinchi raundda oyog‘idagi jarohat tufayli texnik nokaut evaziga Dastin Poryega yutqazgandi. Konor professional faoliyati davomida 28 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, 22 g‘alaba va 6 mag‘lubiyat qayd etgan.








