Daryo

Mushuk boqish yurak xurujiga chalinish xavfini kamaytiradi — tadqiqot

20 yil davomida olib borilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, mushuk boqish tajribasiga ega bo‘lgan ishtirokchilarda yurak xuruji oqibatida vafot etish xavfi ancha pastligi aniqlangan.

1 daqiqa o‘qish2 597 ko‘rishlar0 izoh1

Uyda mushuk boqish nafaqat ruhiy salomatlikni yaxshilaydi, balki yurak sog‘ligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu ilmiy tadqiqotlar bilan isbotlangan.

Yangi tadqiqotlarga ko‘ra, mushuklar yurak xurujidan himoya qilishi mumkin. AQSHning Minnesota universiteti olimlari mushuklar bugungi kungacha kam e’tibor qaratilgan bir qator foydali xususiyatlarga ega ekanini aniqladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, mushuklar insonning yurak-qon tomir tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va yurak xurujiga chalinish xavfini 33 foizga kamaytiradi.

Foto: Pinterest

Mushuklar inson organizmiga kuchli kardioprotektiv — ya’ni yurakni himoya qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Kardiolog Mariano Napoli bu haqda quyidagicha izoh beradi:

“Mushuk bilan muloqot qilish stressni kamaytiradi, qon bosimini tushiradi va yurak urish ritmini barqarorlashtiradi. Bu omillar, shubhasiz, yurak uchun foydalidir”.

Tadqiqot Minnesota universiteti tomonidan olib borilgan bo‘lib, unda 4 435 nafar ishtirokchi qatnashgan. Shundan 2 435 nafari (55 foizi) mushukni uy hayvoni sifatida saqlaganini bildirgan. Tadqiqot 20 yil davomida olib borilgan va natijada mushuk boqish tajribasiga ega bo‘lgan ishtirokchilarda yurak xuruji oqibatida vafot etish xavfi ancha pastligi aniqlangan.

Jizzaxdanman. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti teleradio jurnalistikasi yo‘nalishini bitirganman. “Daryo”da 2025-yildan beri muxbir lavozimida ishlayman va turli xil yo‘nalishda reportajlar, intervyular tayyorlayman hamda ularni saytga xabar qilib beraman. Har yili “Fantomas” filmini takror ko‘raman. “Mehrobdan chayon” (Abdulla Qodiriy publitsistikasi) ni sevib mutolaa qilaman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar