Daryo

Qirg‘izistondagi kuchli zilzila O‘zbekistonda sezildi

Qo‘shni respublikada 7 balli kuchli zilzila qayd etildi. Uning kuchi Namangan, Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida sezildi.

1 daqiqa o‘qish2 749 ko‘rishlar0 izoh12

Qirg‘izistonda 6-oktyabr kuni 7 balli kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.

Zilzila soat 1:29 da kuzatilgan bo‘lib, uning episentri Jalolobod (Toshkentdan 199 km shimoliy-sharqda joylashgan) hisoblanadi. Zilzila magnitudasi 5,7, chuqurligi esa 10 kilometr. O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Namangan viloyatida 3-4 ball, 106 km.
  • Andijon viloyatida 3 ball, 144 km.
  • Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 176 km.
  • Toshkent shahrida 2-3 ball, 199 km.
  • Sirdaryo viloyatida 2 ball, 275 km.

Zilzila yuz berishi fonida O‘zbekiston havo yo‘llari texnik sabablarga ko‘ra, 5-oktyabr kuni HY553/HY554 reyslari, Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent yo‘nalishida, kechikish bilan va o‘zgartirilgan jadval asosida amalga oshiradi:

  • Toshkentdan uchish — 01:45 (6-oktabr), Kuala-Lumpurga yetib kelish — 12:00 (6-oktabr)
  • Kuala-Lumpurdan uchish — 13:20 (6-oktabr), Toshkentga yetib kelish — 18:20 (6-oktabr)

Vaqtlar mahalliy vaqt bo‘yicha ko‘rsatilgan. 

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar