Bugungi qahramonlarimizni hozirda butun dunyo taniydi, ularning hisob raqamlarida millionlab dollar jamg‘armasi bor, ammo bir vaqtlar ular ham endigina o‘z hayot yo‘lini topayotgan yoshlar edi. Keling, sevimli aktyor va aktrisalarimizning karyerasini boshlashdan avval qanday ko‘rinishda bo‘lganini yodga olamiz.
Jeniffer Eniston
Bu surat 1990-yilda NBC telekanali tomonidan tashkil etilgan maxsus kechada olingan. O‘sha paytda aktrisaning yulduz darajasiga chiqishiga to‘rt yil bor edi. 1994-yil sentyabrda ekranlarga “Do‘stlar” sitkomi chiqadi va Eniston muxlislar qalbida Reychel Grin bo‘lib muhrlanadi.
Jeniffer Lopes
Bu yerda mashhur xonanda va aktrisa atigi 23 yoshda edi. Surat 1992-yilda Los Anjelesda, Jey Lo endigina san’at sohasiga qadam qo‘yayotgan paytda olingan. Haqiqiy muvaffaqiyat esa unga 1997-yilda, “Selena” filmi orqali kelgan. Ushbu roli uchun Lopes “Oltin globus” mukofotiga ham nomzod bo‘lgan.
Leonardo Di Kaprio
Ushbu sho‘x, ajoyib tabassumli o‘spirin oradan o‘n yil o‘tib butun dunyo qizlarining qalbini zabt etishini xayoliga ham keltirmagan edi. Surat 1989-yilda, Leonardo 15 yoshida olingan. 1993-yilda u “Gilbert Greyp nima uchun qayg‘uradi?” filmida rol ijro etib, “Oskar”da ilk nominatsiyasini qo‘lga kiritadi. Ammo haqiqiy mashhurlik unga 1997-yilda “Titanik” orqali keladi.
Megan Markl
2006-yilda olingan bu suratga qarab, qarshingizda bo‘lajak gersoginya turganini aytish qiyin. Megan taqdiridagi keskin burilishlarga hali ikki-uch yil bor edi. 2011-yilda u “Favqulodda holatlar” serialidagi Reychel Zeyn roli orqali taniladi. Lekin aynan 2017-yilda shahzoda Garri bilan unashtirilganidan so‘ng dunyoga mashhur bo‘ladi.
Margo Robbi
Bu surat 2009-yilda Melburndagi moda festivalida olingan. O‘z yurti Avstraliyada Robbi allaqachon mashhur edi, ammo jahon miqyosida u faqat 2013-yilda, Leonardo Di Kaprio bilan “Uoll-stritlik bo‘ri” filmida ishtirok etgach tanildi.
Juliya Roberts
O‘zining mashhur jingalak sochlari, yorqin rangli lab bo‘yog‘i bilan tanilgan Juliya Roberts 1986-yilda mutlaq boshqacha ko‘rinishda edi. Mazkur surat Nyu Yorkda, aktrisa Kristofer Uoken bilan birga bo‘lgan vaqtda paparatssi tomonidan olingan. U faqat 1987-yilda filmlarda rol ijro eta boshlaydi. Dunyo miqyosidagi mashhurlik esa Juliyaga 1990-yilda “Go‘zal ayol” filmi orqali keladi.
Bella Hadid
Bugun Bella moda olamida birinchi raqamli supermodel hisoblanadi. Ushbu surat 2010-yilda Bellaning onasi Yolanda bilan Las Vegasdagi xayriya konsertida qatnashgan vaqtida olingan. 2014-yilda Hadid IMG bilan shartnoma imzolaydi va Nyu York moda haftaligida ilk bor podiumga chiqadi. Shundan so‘ng u tanila boshladi. Ko‘plarning fikricha, bunda plastik jarrohlikning ham hissasi bor.
Jeniffer Lourens
Bu surat 2007-yilda olingan. 2010-yilda Lourens “Qon va suyak” filmida rol ijro etib, 20 yoshida ilk “Oskar” nominatsiyasini qo‘lga kiritadi. Lourensga ulkan muvaffaqiyat 2011-yildagi “G‘ayrioddiy insonlar” filmi va 2012-yildan boshlangan “Hayot-mamot o‘yinlari” franshizasi orqali keladi.








