Daryo

Olimlar soniyasiga 6 milliard tonna tezlikda o‘sayotgan sayyoradan hayratda

Kuzatuvlar Yevropa janubiy observatoriyasi teleskopi va Jeyms Uebb kosmik teleskopi yordamida amalga oshirilgan. Sayyora diskida ilgari qayd etilmagan bug‘ (suv pari)borligi aniqlandi.

1 daqiqa o‘qish2 168 ko‘rishlar1 izoh30

Olimlar soniyasiga olti milliard tonna tezlikda o‘sayotgan sayyoradan hayratda qolmoqda. Bu haqda Daily Mail gazetasi xabar bermoqda.

Yerdan 620 yorug‘lik yili uzoqlikda, Xameleon yulduz turkumida joylashgan Cha 1107-7626 sayyorasi astronomlar tomonidan qayd etilgan sayyoraviy massa obyektlari orasida eng tez o‘sish davrini ko‘rsatgan.

Bir necha oy ichida atrofdagi diskdan modda to‘plash jarayoni - akkretsiya tezligi qariyb sakkiz baravar oshgan. Sayyora har soniyada olti milliard tonnaga yaqin gaz va changni o‘ziga tortmoqda. Faollikning eng yuqori cho‘qqisi 2025-yil avgust oyiga to‘g‘ri keldi, shundan so‘ng jarayon yana bir necha oy davomida yuqori darajada saqlanib qolgan.

Cha 1107-7626 “daydi sayyoralar” qatoriga kiradi - bu yulduz atrofida aylanmaydigan, balki koinotda erkin harakatlanuvchi obyektlar hisoblanadi. Tadqiqotchilarning baholashicha, uning massasi Yupiter massasidan 5-10 marta katta.

Kuzatuvlar Yevropa janubiy observatoriyasi teleskopi va Jeyms Uebb kosmik teleskopi yordamida amalga oshirilgan. Sayyora diskida ilgari qayd etilmagan suv bug‘i mavjudligi aniqlandi. Bundan tashqari, jismning magnit maydoni diskdagi moddani sayyora yuzasiga yo‘naltirishi ham akkretsiyada asosiy rol o‘ynaydi.

Olimlarning ta’kidlashicha, bunday natijalar gigant sayyoralarning o‘sish jarayonlarini yulduzlarning shakllanish mexanizmlariga yaqinlashtiradi. Ba’zi nazariy modellar shuni ko‘rsatadiki, yirik daydi sayyoralar diskdagi qoldiq materiallardan o‘zlarining kichik sayyora tizimlarini shakllantirishi mumkin.

Tadqiqotchilar ushbu kashfiyot ulkan gigant sayyoralar qanday shakllanishini va sayyoralar hamda yulduzlar o‘rtasidagi shartli chegara qayerdan o‘tishini yaxshiroq tushunishga yordam berishini ta’kidlashmoqda.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar