Daryo

Tramp HAMASga 3-4 kun muhlat berdi

AQSH prezidenti HAMASdan G‘azo bo‘yicha ishlab chiqilgan rejani imzolashini talab qilmoqda. Aks holda, salbiy oqibatlar kutib turgani ta’kidlandi.

1 daqiqa o‘qish1 759 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasi yuzasidan Falastinning HAMAS harakatiga 3-4 kun muhlat berdi. Shu muddat ichida harakatdan shartnomani qabul qilish yoki qilmaslik borasida javob berish talab qilinadi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Tramp kelishuv rad etilsa, og‘ir oqibatlarga olib kelishini bildirmoqda. Bu haqda u Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan Vashingtonda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

Rejaga ko‘ra, HAMAS qurolsizlantiriladi va siyosiy maydondan chetlashtiriladi. G‘azo esa Tramp rahbarligidagi muvaqqat texnokratik boshqaruv ostida bo‘ladi. Reja, shuningdek, 48 nafar isroillik asirni 72 soat ichida ozod qilishni, Isroil qo‘shinlarining bosqichma-bosqich chekinishini va gumanitar yordam hajmining oshirilishini nazarda tutadi. Bundan tashqari, G‘azoda xalqaro xavfsizlik kuchlari joylashtiriladi va “tinchlik kengashi” tashkil etiladi.

Hozircha HAMAS bunga rasmiy javob bermayapti. Guruh ichki va tashqi rahbariyati bilan maslahatlashuvlar olib borayotganini bildirmoqda. Rejani Turkiya, Qatar va Misr qo‘llab-quvvatlagan. Isroil rasmiylari ham uni ijobiy qarshi olgan.

Trampning aytishicha, agar HAMAS kelishuvga rozi bo‘lmasa, u holda “bitta imzo egasi do‘zaxda javob beradi”. Netanyaxu esa, agar reja ish bermasa, Isroil urushni mustaqil ravishda davom ettirishini bildirgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar