Daryo

“Falastin boshqaruvida HAMAS hech qanday rol oʻynamaydi” — Mahmud Abbos

Falastin prezidenti bir yildan soʻng demokratik saylovlar oʻtkazilishini e’lon qildi. Shuningdek, HAMAS qurollarini topshirishini aytdi.

1 daqiqa o‘qish1 113 ko‘rishlar0 izoh0

Falastin prezidenti Mahmud Abbos mamlakatning kelajakdagi boshqaruvida HAMAS “hech qanday rol o‘ynamasligini” ma’lum qildi. Bu haqda u BMT Bosh assambleyasidagi videomurojaatida ma’lum qildi.

AQSH Falastin delegatsiyasiga BMT qarorgohi hududida shaxsan ishtirok etish uchun viza bermagan. Shu sababli Abbos videoaloqa orqali nutq so‘zlashga majbur bo‘lgan. U o‘z nutqida G‘azoning urushdan keyingi tuzilishi bo‘yicha rejalarini bayon etgan.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga koʻra, Mahmud Abbos unga va Saudiya Arabistoni bosh vaziriga oʻtish davri maʼmuriyati doirasida HAMASni Gʻazo sektori boshqaruvidan chiqarishga vaʼda bergan.

“HAMAS boshqaruvda hech qanday rol o‘ynamaydi. HAMAS va boshqa guruhlar o‘z qurollarini Falastinga topshirishlari shart. Biz qurolsiz yagona birlashgan davlat, yagona qonun va yagona qonuniy xavfsizlik kuchlariga ega bo‘lgan davlatni istaymiz. Biz okkupatsiya jinoyatlarini qat’iyan qoralaymiz. Shuningdek, tinch aholining o‘ldirilishi va hibsga olinishini, jumladan, HAMASning 2023-yil 7-oktyabrdagi harakatlarini ham qoralaymiz”, dedi Falastin prezidenti.

Abbos o‘z nutqi yakunida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi o‘rnatilganidan so‘ng bir yil ichida islohotlar va demokratik saylovlar o‘tkazilishini va’da qildi. U ovoz berish jarayonining shaffofligi va qonuniyligini ta’minlash maqsadida saylovlar xalqaro kuzatuv ostida o‘tkazilishini aytdi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar