Daryo

Toshkentda iPhone 17 ning narxi qanchaga baholanmoqda?

“Daryo” narxlarga aniqlik kiritish maqsadida “Malika” texnika bozoriga borib, sotuvchilardan ma’lumot oldi. Toshkent do‘konlarida qo‘yilgan narx Apple rasmiy saytida belgilangan narxdan 3 baravar qimmat.

2 daqiqa o‘qish9 442 ko‘rishlar0 izoh4

Apple kompaniyasi tomonidan iPhone 17 liniyasi sotuvi rasman boshlandi. Yangi smartfon 18-sentyabr kuni O’zbekistonga ham kirib kela boshladi. Ijtimoiy tarmoqlarda iPhone’ning 17 Pro Max modeli narxi “Malika” texnika bozorida 6 ming dollardan belgilangani haqida ma’lumotlar tarqaldi. “Daryo” narxlarga aniqlik kiritish maqsadida “Malika” bozoriga borib, sotuvchilardan ma’lumot oldi.

Barcha sotuvchilar ham yangi smartfonning Toshkentda sotilayotgan narxini aytishni istamadi, ayrimlari turlicha raqamlarni tilga oldi. Shu sababli bozorda narxlar atrofida muhokamalar davom etmoqda.

“Apple rasmiy saytida 2 TB xotirali iPhone 17 Pro Max 2 ming dollardan ekani ko‘rsatilgan. Ammo tarmoqlarda tarqalgan videolarda aytilishicha, Toshkentda uning narxi qariyb uch baravar — 6 ming dollar atrofida belgilangan. Narxni shakllantirishda nimalar inobatga olinadi?” degan savolimizga sotuvchilar turlicha javob qaytardi.

Texnika do‘koni vakilining so‘zlariga ko‘ra, yangi iPhone 17 Pro Max’ning kirib kelishi 4 ming dollardan ziyodga tushadi:

Narx 6 ming dollar emas. “Malika” bozorida u 4,5 ming dollar atrofida. 2 TB xotirali model ham bor, lekin ko‘pincha blogerlar oladi, oddiy xaridorlar emas. Bojxona to‘lovlari, yo‘lkira va boshqa xarajatlar sabab telefon bizga ancha baland narxda kelmoqda. Bundan tashqari, bu telefonlar Apple Store’dan emas, Dubaydagi qo‘lbozor orqali olib kelingan, dedi u.

10 yildan buyon telefon savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan savdogar esa narxlar haqida boshqacha izoh berdi:

Hamma tirikchilik qiladi. 256 GB xotirali 17 Pro Max 3 ming dollar atrofida, 1 TB modeli esa 4–4,5 ming dollardan sotilishi kutilmoqda. 6 ming dollar degan gap — noto‘g‘ri.

Yana bir sotuvchi esa do‘koniga kelgan ilk partiya haqida shunday dedi:

Do‘konimizga aslida 4 dona yangi iPhone keldi. Telefonlar 19-sentyabr kuni kechki payt kelishi kerak, ammo Toshkentda bizda ular kecha, 18-sentyabrda bor edi. Shu sababli narx biroz yuqoriroq bo‘ldi. 2 ta olovrang modeli 18-sentyabr kuni kechqurun darhol sotildi, narxi 3 ming 800 dollar edi. Hozir ko‘k rangli iPhone 17 Pro Max 1 TB xotirali modeli bor, narxi 5 ming dollar. Qora rangli iPhone 17 Air 256 GB xotirali modeli esa 3 ming dollar turibdi.

Sotuvchilarning umumiy fikricha, narxlar vaqt o‘tishi bilan pasayadi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bir oy ichida iPhone 17 Pro Max 1 TB xotirali modeli 2 ming dollarga tushishi, dekabr oyiga borib esa deyarli barcha do‘konlarda barqaror va bir xil narxda sotilishi kutilmoqda.

Toshkentdanman. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tili fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2024-yildan beri Layfstayl bo‘limida muxbir lavozimida ishlayman va maqolalar hamda videomateriallar tayyorlayman. Har yili ispan kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Невидимый гость” (“Ko‘rinmas mehmon”) filmni kamida ikki marta qayta tomosha qilaman. Imom al-Buxoriy haqidagi “Sohilsiz dengiz” kitobi yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar