Daryo

“Qozog‘iston parlamenti bir palatali bo‘lishi mumkin” — To‘qayev

Prezidentga ko‘ra, Majlisning hozirgi tarkibi o‘z vakolatlari tugagunga qadar odatdagidek faoliyat yuritadi. Siyosiy partiyalar esa bu vaqtda raqobatga tayyorgarlik ko‘radi.

1 daqiqa o‘qish958 ko‘rishlar0 izoh0

Qozog‘istonda bir palatali parlament tashkil etilishi mumkin. Bu haqda davlat rahbari Qosim Jo‘mart To‘qayev xalqqa qilgan murojaatida ma’lum qildi.

“O‘zim ham o‘n yil davomida Senatga rahbarlik qilganman va bu vazifani doimo katta sharaf va mas’uliyat deb bilganman. Shuning uchun bu minbardan turib parlament islohoti haqida gapirish men uchun oson emas. Shunday bo‘lsa-da, aynan bugun yaqin kelajakda mamlakatimizda bir palatali Parlament tashkil etish taklifini ilgari surmoqchiman”, dedi To‘qayev.

Prezident bu juda jiddiy masala ekanini, uni hal qilishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi. Shu sababdan fuqarolik jamiyatida, ekspertlar doirasida va amaldagi Parlamentda muhokama qilish kerakligini aytdi.

“Islohotning g‘ayrioddiy xususiyatini hisobga olgan holda, muhokamani o‘tkazish uchun kamida 1 yil talab etiladi. Shundan so‘ng 2027-yilda umummilliy referendum o‘tkazish, keyin esa Konstitutsiyaga zarur o‘zgartirishlar kiritish mumkin bo‘lardi. Davlat taqdir uchun ahamiyatga ega bo‘lgan barcha masalalar faqat xalq roziligi bilan hal etilishi haqida ko‘p bor ta’kidlaganman”, dedi Qozog‘iston prezidenti.

Siyosatchiga ko‘ra, Majlisning hozirgi tarkibi o‘z vakolatlarini tugatgunga qadar odatdagidek faoliyat yuritadi. Siyosiy partiyalar esa bu vaqt ichida raqobatga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Albatta, o‘rinli savol tug‘ilishi mumkin: nega prezident parlament islohotini o‘tkazish zarurligini bunchalik erta e’lon qilmoqda, vaholanki siyosiy texnologiyalarga ko‘ra bunday choralar kutilmaganda qabul qilinishi kerak emasmi? Biroq, avval ham aytganman va yana takrorlayman: mamlakat va xalq taqdiri haqida gap ketganda ochiq siyosat yuritish lozim, bunday keng ko‘lamli islohotni jamiyatdan yashirish mumkin emas, deb hisoblayman”, deya xulosa qilgan u.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar