Keksa yoshdagi ortiqcha vazn har doim ham demensiya xavfini oshiravermaydi, ba’zan esa uni pasaytiradi. Olimlar ARIC nomli yirik kogort tadqiqoti ma’lumotlari asosida shunday xulosaga kelishgan. Tadqiqot natijalari Neurology jurnalida e’lon qilindi.
Tadqiqotda 75 yosh atrofidagi besh mingdan ortiq o‘rta yoshli kishilar ishtirok etgan va ular sakkiz yil davomida kuzatuvda bo‘lgan. Shu vaqt ichida ishtirokchilarning 20 foizida demensiya rivojlangan.
“Ma’lum bo‘lishicha, ortiqcha vazn va semizligi bor keksa odamlarda normal vaznli tengdoshlariga qaraganda kasallik xavfi kamroq ekan. Biroq, asosiy omil tananing og‘irligi emas, balki uning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi ekanligi aniqlandi”, deyiladi tadqiqotda.
Ayniqsa, o‘rta va keksa yosh oralig‘ida vazn yo‘qotganlar zaif bo‘lib chiqdi. Ular uchun boshlang‘ich tana vazni indeksidan qat’i nazar, demensiya ehtimoli ancha yuqori edi. Shunday qilib, normal vaznli odamlar orasida, agar ularning vazni kamaygan bo‘lsa, xavf ikki baravardan ko‘proq oshgan.
Mualliflarning ta’kidlashicha, olingan natijalar keksa yoshdagi “semizlik paradoksi”ni tushuntiradi.
“Yuqori vazn o‘z-o‘zidan demensiyadan himoya qilmaydi, tana vaznining kamayishi esa miyaning qarishini tezlashtiradigan yashirin patologik jarayonlarning belgisi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun xavfni nafaqat hozirgi tana vazni indeksi bo‘yicha, balki hayot davomida vazn o‘zgarishi dinamikasi bo‘yicha ham baholash lozim”, deydi tadqiqot mualliflari.








