Daryo

Instagram: Farzandli bo‘lgan Shahram G‘iyosov, Andijonda daraxt ekkan Munisa Rizayeva, rafiqasiga mashina sovg‘a qilgan O‘lmas Olloberganov

Ijtimoiy tarmoqlardagi qiziqarli foto va videolar

1 daqiqa o‘qish14 341 ko‘rishlar0 izoh0

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Ta’tildan suratga olish maydonchasiga qaytgan Tuba Buyukustun dengiz bo‘yidagi suratlarini muxlislari bilan ulashmoqda.

Foto: Instagram

“Setora” guruhi O‘zbekistondagi xizmatlarga to‘liq tarkibda chiqmoqda. Amerikada yashovchi Feruza Toshkentga uchib keldi.

Foto: Instagram

Xonanda Sardor Toirov bolaligida qanday bo‘lganini obunachilariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

Instagram’da trend bo‘layotgan qo‘shiq “Alyonushka”ga Xonzoda Do‘stova boshchiligida bir nechta blogerlar klip suratga olmoqda. 

Foto: Instagram

Xonanda O‘lmas Olloberganov “Ovoz 50 +” loyihasida qatnashib, qo‘lga kiritgan avtomobilini ayoliga sovg‘a qildi.

Xonanda Lola konsertiga tayyorgarlik jarayonida o‘zgacha uslubdagi fotosessiyasidan suratlarini joylab bormoqda.

Foto: Instagram

Mirzabek Xolmedov arxiv suratini sahifasiga joylab, mashhurlik va shon-shuhrat o‘tkinchi ekani haqida mulohaza yuritmoqda.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva Andijonning Xonobod shahrida o‘z ismi bilan nomlangan daraxt ekdi.

Xorazmlik xonanda Sevinch Ismoilova obunachilari bilan eng yodda qolarli xotiralar haqida suhbatlashmoqda.

Foto: Instagram

Shahram G‘iyosov oilasida quvonchli kun — bokschi qiz farzandli bo‘ldi.

Foto: Instagram

Toshkentdanman. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tili fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2024-yildan beri Layfstayl bo‘limida muxbir lavozimida ishlayman va maqolalar hamda videomateriallar tayyorlayman. Har yili ispan kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Невидимый гость” (“Ko‘rinmas mehmon”) filmni kamida ikki marta qayta tomosha qilaman. Imom al-Buxoriy haqidagi “Sohilsiz dengiz” kitobi yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar