Daryo

Qozog‘istonda 5 sutkadan beri yo‘qolgan vertolyot odamlari qidirilmoqda

Qidiruv ishlariga 400 dan ortiq kishi, 70 dan ortiq yerusti texnikasi va dronlar jalb qilingan

1 daqiqa o‘qish10 283 ko‘rishlar0 izoh0

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida 5 sutkadan buyon yo‘qolgan EC-145 vertolyoti ekipajini qidirish ishlari davom etmoqda. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Foto: “Kursiv.kz”

Ma’lum qilinishicha, qidiruv ishlarini murakkab suvosti relyefi, loyqa tubi va nol ko‘rish masofasi qiyinlashtirmoqda.

Shunday bo‘lsa-da, 25-iyulda yo‘qolgan havo mudofaasi kuchlarining EC-145 vertolyotida bo‘lgan barcha odamlarning joylashuvini aniqlash bo‘yicha qidiruv-qutqaruv operatsiyasi kechayu kunduz to‘xtovsiz davom etmoqda, dedi Izbasov.

Qidiruv hududida aviatsiya general-leytenanti Dauren Kosanov yo‘qolgan uchuvchilarning qarindoshlari bilan uchrashgan. U oilalarga hamdardlik bildirgan va operatsiya uzluksiz davom etayotganini aytgan. 

Biz oxirigacha harakat qilamiz, qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha qidiramiz. Qarindoshlar va yaqinlarga har tomonlama yordam ko‘rsatilmoqda, har kuni aloqadamiz va fojia sabablarini aniqlash hamda yo‘qolgan yigitlarni topish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilmoqdamiz, dedi mudofaa vaziri.

Qidiruv ishlariga 400 dan ortiq kishi, kinologlar (itlar), 70 dan ortiq yer usti texnikasi, 21 ta suzish vositasi, 10 ta dron, suv osti skanerlash vositalari jalb qilingan.

Vertolyotning yo‘qolishi

25-iyul kuni Olmaota viloyatida EC-145 harbiy vertolyoti radarlardan yo‘qoldi. 26-iyul kuni aviatexnikaning qoldiqlari Sorbuloq ko‘li akvatoriyasidan topildi. Qidiruv-qutqaruv ishlariga yuzlab odamlar, o‘nlab texnikalar, dronlar, suv osti qurilmalari, havo kemalari va maxsus uskunalar jalb qilindi.

Vertolyot ekipaji a’zolarining qarindoshlari videomurojaat yozib, jamoatchilik va rasmiy idoralardan ushbu fojiaga e’tibor qaratishni so‘radi. Bortda uch kishi bo‘lgani aytilmoqda.

EC-145 — Yevropada ishlab chiqarilgan ko‘p maqsadli ikki dvigatelli vertolyot, Qozog‘istonda ham harbiy, ham fuqarolik maqsadlarida foydalaniladi. 2011-yildan boshlab mamlakat Airbus Helicopters konserni bilan hamkorlik doirasida ushbu vertolyotlarni olishni boshladi. Vertolyotlarni yig‘ish va texnik xizmat ko‘rsatish Ostona shahridagi Eurocopter Kazakhstan Engineering qo‘shma korxonasi negizida amalga oshiriladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar