Daryo

Instagram: Azamat Ahrorov rafiqasiga avtomobil sovg‘a qildi, Munisa Rizayeva o‘g‘lining yuzini ko‘rsatdi, Hojiboy Tojiboyevning qizi unashtirildi

Ijtimoiy tarmoqlardagi qiziqarli foto va videolar

1 daqiqa o‘qish33 521 ko‘rishlar0 izoh2

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Turk aktrisasi Melisa Asli Pamuk turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li bilan hordiq chiqarayotgan suratini postga joyladi.

Foto: Instagram

Aktrisa Durdona Qurbonova Tataristonning Qozon shahridan suratlarini obunachilari bilan bo‘lishib bormoqda.

Foto: Instagram

Aktyor Azamat Ahrorov rafiqasiga kutilmagan syurpriz qildi. U ayolining mashinasini uy qurish uchun sotib yuborgach bir muddat o‘tib, xorijda ishlab chiqarilgan avtomobil olib berdi.

Aktrisa Mavluda Hikmatova tug‘ilgan kunini ilk marta volidasisiz o‘tkazayotgani, onasi u uchun ham ota, ham ona bo‘lganini aytib, obunachilaridan uning haqqiga duo qilishlarini so‘radi.

Foto: Instagram
Foto: Instagram

Jahongir Otajonov yozning chillasi bo‘lishiga qaramay, yangi qo‘shig‘iga noodatiy obrazda klip suratga oldirmoqda.

Megayulduz Jennifer Lopes 56 yoshni qarshiladi va bu yilgi tug‘ilgan kunini Turkiyaning Antaliya shahrida nishonladi.

Foto: Instagram

Marhum qiziqchi Hojiboy Tojiboyevning qizi Madinaning fotiha to‘yi bo‘lib o‘tdi. U unashtiruv marosimidan lavhalarni muxlislari bilan bo‘lishdi.

Aktrisa Oydin Yusupova yangi suratini muxlislari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva farzandining ismini va yuzini ommadan yashirib kelardi. Lekin Stories’larining birida u tasodifan o‘g‘lining yuzini ko‘rsatib qo‘ydi.

Foto: Instagram

Toshkentdanman. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tili fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2024-yildan beri Layfstayl bo‘limida muxbir lavozimida ishlayman va maqolalar hamda videomateriallar tayyorlayman. Har yili ispan kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Невидимый гость” (“Ko‘rinmas mehmon”) filmni kamida ikki marta qayta tomosha qilaman. Imom al-Buxoriy haqidagi “Sohilsiz dengiz” kitobi yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar