Daryo

Qimmat brendlardan qolishmaydigan hamyonbop kosmetik vositalar

Make up hamyoningizni bo‘shatishi emas, balki sizga quvonch ulashishi kerak

1 daqiqa o‘qish4 415 ko‘rishlar0 izoh0

Zamonaviy go‘zallik industriyasi sifatli make up qilish uchun qimmat kosmetika kerak emasligini isbotlamoqda. Bugungi kunda do‘kon javonlarida narxi arzon, ammo ta’siri va chidamliligi bilan lux brendlardan qolishmaydigan mahsulotlar tobora ko‘paymoqda. Ushbu maqolada yaxshi natija beradigan va har bir kosmetika qutisida bo‘lishi kerak bo‘lgan eng arzon mahsulotlar ro‘yxati tuzildi. 

Foto: freepik.com

“Ikkinchi teri” effektiga ega tonal kremlar

Catrice, Bourjois va Eveline kabi brendlar mukammal qoplovchi xususiyatga ega, yengil tuzilishdagi tonal krem ishlab chiqarmoqda. Ular yuz terisiga tekis yotadi, qurigan joylarni ajratib ko‘rsatmaydi va kun bo‘yi o‘z holatida saqlanib turadi. Ayniqsa, namlovchi yoki mattlashtiruvchi effektga ega mahsulotlar turli teri tiplari uchun yaxshi tanlov hisoblanadi.

To‘kilmaydigan tush

Maybelline Lash Sensational, Vivienne Sabo Cabaret, Essence Lash Princess — vizajistlar va blogerlarning sevimli tanlovi. Juda arzon narxga siz hajm, bukilish va uzoq vaqt saqlanish effektiga ega bo‘lasiz. Bu tushlar kipriklarga yopishib qolmaydi va to‘kilmaydi. Kundalik make up uchun ayni muddao.

Qimmatbaho effektga ega rumyana va haylayterlar

Hozirda arzon brendlar ham lux mahsulotlardan kam bo‘lmagan pudra ko‘rinishidagi mahsulotlarni ishlab chiqmoqda. Masalan, Revolution, Art-Visage, Estrade. Haylayterlar teriga tabiiy porloq ko‘rinish beradi. Rumyana esa yuzda uzoq vaqt turadi va tabiiy tus beradi.

Soatlab o‘chmaydigan pomada va tintlar

Relouis’ning matli tintlari, Lamel’ning namlovchi balzamlari, Faberlic’ning blesklari— bularning barchasi 80 ming so‘mgacha turadi. Arzon bo‘lishiga qaramay, labga juda chiroyli surtiladi. Bugungi kunda arzon kosmetik mahsulotlar tobora sifatliroq bo‘lib bormoqda va ularning ko‘pchiligi qimmat mahsulotlarning o‘rnini bosishi mumkin. Eng muhimi — sinab ko‘rishdan, tarkibini o‘qishdan va yangiliklardan cho‘chimang. Make up hamyoningizni bo‘shatishi emas, balki sizga quvonch ulashishi kerak.

Jizzaxdanman. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti teleradio jurnalistikasi yo‘nalishini bitirganman. “Daryo”da 2025-yildan beri muxbir lavozimida ishlayman va turli xil yo‘nalishda reportajlar, intervyular tayyorlayman hamda ularni saytga xabar qilib beraman. Har yili “Fantomas” filmini takror ko‘raman. “Mehrobdan chayon” (Abdulla Qodiriy publitsistikasi) ni sevib mutolaa qilaman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar