Daryo

Tesla AQSHda ilk bor robotaksi xizmatini ishga tushirdi (video)

Avtomobilda haydovchi bo‘lmaydi, ammo ehtiyot sharti bilan oldingi o‘rindiqda kuzatuvchi bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish5 359 ko‘rishlar0 izoh0

Tesla kompaniyasi AQSHning Ostin shahrida Robotaxi xizmatining ishga tushirilganini e’lon qildi. Haydovchisiz taksi xizmati iyun oyining 22-sanasidan faoliyatini boshladi. Ammo avval va’da qilinganidek, avtonom mashinalar hali to‘liq mustaqil ishlashga qodir emas.

Foto: Tesla

Har bir Model Y avtomobilida kompaniya xodimi “xavfsizlik nazoratchisi” sifatida ishlaydi. U old o‘rindiqdan safar davomidagi vaziyatni nazorat qiladi va kutilmagan holatlarga tezkor javob beradi.

Robotaksi xizmatidan foydalanish uchun esa bir qancha shart va cheklovlar belgilangan:

  • xizmat faqat Tesla tomonidan maxsus taklif olganlar — brend tarafdorlari va inflyuenserlar uchun ochiq;
  • faqat Ostin shahri ichidagi cheklangan hududda harakatlanadi (robotaksi aeroportlarga bormaydi);
Foto: Tesla Daily
  • ish vaqti soat 06:00 dan 00:00 gacha;
  • yo‘lovchilar 18 yoshdan katta bo‘lishi kerak;
  • buyurtma berish uchun akkauntga bog‘langan kredit yoki debit karta bo‘lishi zarur;
  • yomon ob-havo sharoitida xizmat to‘xtatilishi yoki cheklanishi mumkin;
  • yo‘lovchilar odobli va hurmatli bo‘lishi shart, har qanday axloqsizlik va qoidabuzarlik robotaksi xizmatidan mahrum qilishi mumkin;
Foto: Tesla Daily
  • salon ichida sigaret, veyp, alkogol yoki giyohvand moddalar iste’moli taqiqlanadi;
  • umumiy foydalanish uchun mo‘ljallanmagan avtomobil funksiyalarini yozib olish man etiladi;
  • har bir safardan so‘ng ilovada baho va fikr qoldirish talab etiladi.

Bu Ilon Mask ilgari va’da qilgan to‘liq avtonom xizmatdan tubdan farq qilsa-da, bunday taksilar texnologiya olamida muhim qadam sanaladi.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar