Daryo

Turk aktyori Mehmet Gunsur yangi serial bilan ekranlarga qaytmoqda

Aktyor “Muhtasham yuz yil” serialidagi shahzoda Mustafo obrazi bilan tanilgan

1 daqiqa o‘qish6 462 ko‘rishlar0 izoh0

“Muhtasham yuz yil” serialidagi shahzoda Mustafo obrazi bilan tanilgan aktyor Mehmet Gunsur “Hasad” nomli serialda bosh rolni ijro etadi.

Foto: Kp.ru

50 yoshli aktyor bugungi kunga qadar qariyb 40 ta loyihada ishtirok etgan va yaqin kunlarda muxlislar aktyorni yangi ko‘p qismli serialda ko‘rishga muvaffaq bo‘ladi.

Serial yozuvchi Nohit Sirri Orikning shu nomdagi romaniga asoslangan bo‘lib, loyiha rejissyori Nadim Guch, ssenariy muallifi esa Yilmaz Shahindir. Ular roman asosidagi voqealarni ekranlashtirish ustida ish olib bormoqda.

Serial syujeti oilasi va, ayniqsa, akasining bosimi sababli shaxsiy hayotini qura olmagan ayol taqdirini yoritadi. U yillar davomida qarindoshlari istagiga ko‘ra yashab keladi va yuragida nafrat to‘planib qoladi. Biroq bir kun kelib akasining yosh rafiqasi unga xiyonat qilayotganini bilib qoladi va bu haqiqatni hammaga oshkor etishga qaror qiladi.

Foto: Kp.ru

Mehmet Gunsur ushbu serialda o‘sha zolim aka — singlisi qasos oladigan obrazni yaratadi. Serialdagi boshqa aktyorlar qatorida O‘zgu Namal, Salohiddin Pashali, Berrak Tuzyunatach va Bora Jengiz ham bor.

“Hasad” serialining premyerasi 2025-yil kuzida bo‘lib o‘tadi. Ko‘rsatuv NOW telekanalida namoyish etiladi. Loyiha allaqachon yangi mavsumning eng kutilgan seriallaridan biri sifatida tilga olinmoqda.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar