Daryo

Biz har doim noto‘g‘ri saqlab kelgan 12 mahsulot 

Ro‘yxatdagi mahsulotlarni sovitkichda saqlash ularning ta’mi yomonlashishiga va ko‘rinishining eskirishiga olib keladi

3 daqiqa o‘qish5 797 ko‘rishlar0 izoh0

Biz do‘kondan olib kelgan deyarli barcha mahsulotlarni avtomatik ravishda sovitkichga qo‘yishga o‘rganganmiz, chunki shunday qilsak, mahsulotlarning yangiligi uzoqroq saqlanishiga ishonamiz. Ammo bu har doim ham to‘g‘ri emas. Ba’zi mahsulotlar sovitkichda saqlanganda ta’mi yoki tuzilishi yo‘qoladi.

Sabzavotlar

Foto: Adme

Pomidor

Sovuq ta’sirida pomidorning hujayra tuzilishi buziladi, oqibatda ular suvli bo‘lib, ta’mi yo‘qoladi. Ideal saqlash joyi — quruq, qorong‘i va salqin joy.

Kartoshka

Past haroratda kartoshkadagi kraxmal shakar moddasiga aylanadi, shuning uchun kartoshka biroz shirinlashadi va qovurishda qorayadi. Kartoshkani qog‘oz paketda shkafda yoki idish yuvish joyi ostidagi tortmada saqlang.
Qiziq fakt: shirin kartoshkadan eng mazali kartoshka pyuresi tayyorlanadi.

Piyoz va sarimsoq

Piyoz va sarimsoq sovitkichda o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi, mog‘orlanadi va so‘riladi. Ularni xona haroratida savat yoki keramika idishda saqlash ma’qul.

Bodring

Qiziq bo‘lsa-da, bodring sovuqda saqlanmaydi. sovitkichda ularning qattiqligi yo‘qoladi, usti shilimshiq bo‘lib qoladi va yaroqsiz holatga keladi. Uni taxminan 10°C haroratda saqlash kerak.

Mevalar

Foto: Adme

Banan

Sovuq bananlarning pishishini sekinlashtiradi, lekin po‘stining qorayishiga olib kelishi mumkin. Agar bananlaringizni uzoqroq mazali va yaroqli saqlamoqchi bo‘lsangiz, ularni sovitkichga qo‘ymang.

Mango

Mango xona haroratida pishishni davom ettiradi. sovitkichda esa bu jarayon to‘xtaydi, meva esa tolali bo‘lib qolishi va hidini yo‘qotishi mumkin. Eng yaxshisi, mango yumshoq bo‘lishini kutib, keyin (zarur bo‘lsa) qisqa muddat sovitkichga qo‘yish.

Anor

Anor sovitkichdan tashqarida, quruq va salqin joyda yaxshi saqlanadi. Shunda ularning ta’mi yo‘qolmaydi. Albatta, ularni tozalamasdan sovitkichda ham saqlash mumkin. Agar donachalarini chiqarib olgan bo‘lsangiz, ularni havo o‘tmas idishga solib sovitkichga qo‘yish kerak. Shu usulda anor donachalarining holati 5-7 kungacha saqlanadi.

Non

Foto: Adme

Nonni sovitkichda saqlash uning tezda qattiqlashishiga olib keladi. Past harorat ta’sirida kraxmal kristallashadi, natijada nonning ichi yumshoqligini yo‘qotib, quruq bo‘lib qoladi. Shuningdek, agar non havo o‘tmas tarzda qadoqlanmagan bo‘lsa, u sovitkichdagi boshqa hidlarni o‘ziga olishi mumkin. Bu nafaqat nonning ta’mini, balki uning hidini ham yomonlashtiradi. Eng yaxshi usul — nonni xona haroratida, namlik va to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuridan uzoq, non uchun maxsus idishda yoki qog‘oz paketda saqlashdir.

Ko‘katlar 

Foto: Adme

Rayhon, shivit va petrushka sovuqqa juda sezgir. sovitkichda ular tez qorayib, shilimshiq holga keladi va o‘zining hidini yo‘qotadi. Eng yaxshi saqlash usuli — xona haroratida suv solingan stakanga qo‘yish va ustini plastik paket yoki oziq-ovqat plyonkasi bilan yopishdir. Bu usul bir necha kun davomida yangi va hidli saqlashga yordam beradi. Har ikki kunda suvni almashtirish tavsiya etiladi.

Shokolad

Foto: Adme

sovitkichda saqlangan shokolad ustida ko‘pincha oq qoplama paydo bo‘ladi, bu “shakarli” yoki “yog‘li oqish” deb ataladi. Bu inson sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasa-da, tashqi ko‘rinishi yoqimsiz bo‘lib qoladi, Shuningdek, shokolad boshqa mahsulotlarning hidini oson singdiradi, ayniqsa qadoqlash buzilgan bo‘lsa. Past harorat shokoladning ta’mi va hidiga ham ta’sir qilishi mumkin. Eng ideal saqlash sharoiti 15—18°C daraja haroratda, quruq va barqaror namlikka ega joy.

Zaytun yog‘i

Foto: Adme

sovitkichda saqlangan zaytun yog‘i oqarib, ichida cho‘kma yoki kichik qattiq bo‘lakchalar paydo bo‘lishi mumkin. Yog‘ buzilmaydi, lekin ko‘rinishi va tuzilishi o‘zgaradi. Ayniqsa, salatga solganda biroz noqulay bo‘ladi. Sovuq harorat yog‘ning ta’mi va hidiga ham ta’sir qiladi. Harorat tez-tez o‘zgarib turishi yog‘ni tezda yomonlashtiradi. Eng yaxshi usul — yog‘ni qopqog‘i mahkam yopilgan shisha idishda, qorong‘i va salqin joyda, pechka va quyoshdan uzoqroq saqlash.

Qaysi mahsulotlarni sovitkichda saqlash kerak?

Foto: Adme
  • Ko‘p piyoz — sovitkichda uzoq vaqt yangi holatda saqlanadi. Havo orqali ochiq joyda tez quriydi va hidini yo‘qotadi.

  • Yong‘oq va urug‘lar — yog‘lari ko‘p bo‘lgani uchun tez yomonlashadi. sovitkichda yoki muzlatgichda saqlansa, ta’mi va yangiligi uzoqroq davom etadi.

  • Butun donli un — unda ko‘proq yog‘lar borligi sababli, ayniqsa yozda tez yomonlashadi.

  • Zug‘um urug‘i yog‘i — yorug‘lik, issiq va havo unga juda zararli. Uni sovitkichda saqlash kerak, shunda tez yomonlashmaydi va achchiq ta’mni hosil qilmaydi.

Har bir mahsulotni to‘g‘ri saqlashni hisobga olish juda muhim. Bu nafaqat ularning saqlanish muddatini uzaytiradi, balki ovqatingizni ham mazaliroq va foydaliroq qiladi.

Jizzaxdanman. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti teleradio jurnalistikasi yo‘nalishini bitirganman. “Daryo”da 2025-yildan beri muxbir lavozimida ishlayman va turli xil yo‘nalishda reportajlar, intervyular tayyorlayman hamda ularni saytga xabar qilib beraman. Har yili “Fantomas” filmini takror ko‘raman. “Mehrobdan chayon” (Abdulla Qodiriy publitsistikasi) ni sevib mutolaa qilaman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar