Daryo

Sevgi uchburchagi va ehtiroslar jo‘sh urgan 5 ta turk seriali

Turk seriallaridagi vaqealar markazida bir erkak va ikki ayol yoki aksincha bo‘lsa, voqealar qiziqarli bo‘lishi aniq

1 daqiqa o‘qish6 846 ko‘rishlar0 izoh0

Turk seriallarida voqealar markazida agar bir erkak va ikki ayol yoki aksincha bo‘lsa, voqealar qiziqarli bo‘lishi aniq. Bu ehtiroslar jo‘sh urgani uchun emas, balki ssenariy mualliflari tanlov masalasida og‘riqli nuqtaga tegishni bilgani uchun. Quyida aynan shunday syujetga ega seriallar haqida gaplashamiz.

“Sevgi iztirobi”, 2015

Serialdagi hamma narsa fojia qonuniyatlariga bo‘ysunadi: Nihon va Kamol bir-birini sevadi, ammo pul, qarz, tahdid va boshqaga uylanish sevgini hissiyotlar jangiga aylantiradi. Film yakuni yurakni parchalaydi, Amir esa turk seriallaridagi eng sovuqqon yovuzlardan biri hisoblanadi.

“Meni saqla”, 2023

Ikki qiz bolaligidan bir yigitni sevadi. Birining hayoti og‘ir mehnatda o‘tsa, boshqasi qimmatbaho liboslarda yuradi. Mete qaytib kelganda, go‘yo hammasi hal bo‘lgandek: to‘y, hashamatli hayot. Ammo kutilmaganda u unutgan (yoki eslashni istamagan) qizni uchratib qoladi. 

“Fazilat xonim va uning qizlari”, 2017

Ona kimga turmushga chiqishni hal qiladi. Qizlar yig‘laydi. Tomoshabinlar esa boshlarini changallab qolishadi, chunki bu yerdagi uchburchak shunchaki sevgi emas, balki oilaviy muammolar markazida. Xazan ikki aka-uka o‘rtasida qoladi — bu uning noz-karashma qilgani uchun emas, balki yigitlar uni samimiy sevib qolganligida.

Госпожа Фазилет и ее дочери (Fazilet Hanim ve Kizlari), сериал 2017-2018,  1-2 сезоны - кадры, трейлеры, смотреть онлайн, актеры, фото и видео, отзывы

“Sadoqatsiz”, 2020

Osiyо xiyonat haqida bilgunga qadar mukammal rafiqa edi. Ammo to‘satdan hamma havas qiladigan hayot muammolar to‘la bo‘shliqqa aylanadi. Agar romantika emas, balki sovuq mantiq va xiyonatdan ham dahshatliroq javobni ko‘rishni istasangiz, tomosha qiling.

“Samoviy ishq”, 2010

Ikki opa-singil, bir muhabbat, qishloq manzarasi va ikkovi ham sevib qolgan yigit — haqiqiy klassika. Hammasi oddiy ko‘rinadi, lekin filmdagi har bir his-tuyg‘u oltinga teng. Opa-singillar jangi esa har qanday yovuzdan dahshatli.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar