Daryo

Diyetolog yurak uchun foydali top-7 yozgi meva va sabzavotlarni sanab o‘tdi

Ularni ratsionga kiritish orqali siz nafaqat yuragingizni mustahkamlaysiz, balki yoz jaziramasiga bardosh berishingiz ham osonlashadi

1 daqiqa o‘qish6 388 ko‘rishlar0 izoh0

Yozgi meva va sabzavotlar nafaqat issiqda tetiklashtiradi, balki yurak salomatligini saqlashga ham yordam beradi. Konnektikut universiteti diyetologi va o‘qituvchisi Sherri Grey qaysi mavsumiy mahsulotlar yurak-qon tomir tizimi uchun ayniqsa foydali ekanligini aytib berdi.

Foto: Championat.com

Agar meva va sabzavotlarni muntazam ravishda isteʼmol qilishga odatlanmagan bo‘lsangiz, kuniga bir yoki ikkitadan boshlab miqdorini ko‘paytiring.

Yurak uchun foydali top-7 yozgi mahsulotlar

  1. Pomidor — yurak kasalliklari bilan bog‘liq gomotsistein darajasini pasaytiradigan kaliy, C vitamini va foliy kislotasini o‘z ichiga oladi.
  2. Chernika — yallig‘lanishga qarshi kurashadigan va xolesterinni kamaytiradigan antotsianlarga boy.
  3. Shaftoli — qon bosimi va tomirlar uchun foydali bo‘lgan kaliy, kletchatka va beta-karotin manbayi.
  4. O‘rik — tarkibida qon aylanish tizimini sog‘lomlashtiruvchi pektin, vitaminlar va antioksidantlar mavjud.
  5. Tarvuz — likopin va L-sitrullin tufayli qon bosimini normallashtirishga yordam beradi.
  6. Qovoqcha — kaliyga boy bo‘lib, insult va yurak xastaliklari xavfini kamaytiradi.
  7. Qulupnay — kardiometabolik salomatlikni yaxshilaydi va insulin rezistentlikni pasaytiradi.

Ushbu mahsulotlarni yangiligida isteʼmol qilish, salatlar, smuzilarga qo‘shish va baʼzilarini grilda pishirish mumkin. Ularni ratsionga kiritish orqali siz nafaqat yuragingizni mustahkamlaysiz, balki yoz jaziramasiga bardosh berishingiz ham osonlashadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar