Daryo

Zivert, Urgant va Kirkorov xizmatda: Toshkentda o‘tkazilgan dabdabali to‘yga 50 mln dollar sarflangani aytilmoqda

Rossiya estradasi yulduzlariga berilgan gonorarning o‘ziga 600 ming dollardan ko‘proq pul sarflangan

1 daqiqa o‘qish8 254 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentda Rossiya estrada yulduzlari ishtirokidagi dabdabali to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu to‘yga oid suratlar va videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va muhokamalarga sabab bo‘ldi. 

Foto: Instagram

To‘y egalarining ism-shariflari aniq ko‘rsatilmagani sababli tadbir homiylari noma’lumligicha qolmoqda.

Nikoh oqshomida Ivan Urgant va Kseniya Sobchak boshlovchilik qilgan. Sog‘lig‘idagi muammolarga qaramay, sahnada Filipp Kirkorov ham qo‘shiq kuylagan. Shuningdek, Zivert va Instasamka kabi mashhur san’atkorlar ham taklif qilingan. 

Foto: Instagram
Foto: Instagram

Rossiya OAVning hisob-kitoblariga ko‘ra, to‘y byudjeti 50 million dollarni tashkil etgan. Filipp Kirkorov, Kseniya Sobchak, Ivan Urgant, Zivert, Instasamka, Navai kabi mashhurlar gonorarining o‘ziga 600 ming dollardan ko‘proq pul sarflangani aytilmoqda.

Foto: Instagram

To‘yda ozarbayjonlik taniqli xonanda Roza Zergerli ham qo‘shiq kuyladi. 

Foto: Instagram
Foto: Instagram

Jizzaxdanman. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti teleradio jurnalistikasi yo‘nalishini bitirganman. “Daryo”da 2025-yildan beri muxbir lavozimida ishlayman va turli xil yo‘nalishda reportajlar, intervyular tayyorlayman hamda ularni saytga xabar qilib beraman. Har yili “Fantomas” filmini takror ko‘raman. “Mehrobdan chayon” (Abdulla Qodiriy publitsistikasi) ni sevib mutolaa qilaman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar