Daryo

“Kalmar o‘yini” ning spin-off seriyasi chiqishi mumkin

Unda qahramonlarning birinchi va ikkinchi mavsum oralig‘idagi hayoti tasvirlanadi

1 daqiqa o‘qish4 166 ko‘rishlar0 izoh0

Serial muallifi Xvan Don Xyok IndieWire nashriga bergan intervyusida “Kalmar o‘yini” loyihasining spin-offi bo‘yicha yangi g‘oyasi borligini ma’lum qildi.

 
Foto: People Talk

Kinorejissyorning aytishicha, u serial qahramonlarining birinchi va ikkinchi mavsum voqealari oralig‘idagi hayoti haqida hikoya qilishni istaydi:

“Birinchi va ikkinchi mavsum oralig‘ida uch yillik tanaffus bor. Spin-off versiyada qahramonlarning hayoti shu vaqt ichida qanday kechganini ko‘rsatmoqchiman”, dedi u.

Xvan Don Xyokning ta’kidlashicha, ikkinchi va uchinchi mavsum bo‘yicha g‘oyalar rejissyorga birinchi qism tugagach kelgan.

“Kalmar o‘yini”ning uchinchi mavsumi 27-iyun kuni Netflix platformasida namoyish etiladi. Serial ikkinchi mavsumdagi voqealarning davomiga ulanadi va omon qolgan o‘yinchilarning muvaffaqiyatsiz qo‘zg‘olondan keyingi taqdirini yoritadi.

Xvan Don Xyok navbatdagi epizodlarda tomoshabinlarni chinakam qo‘rquvga soladigan yangi o‘yinlar kutayotganini va’da qildi. Unda qahramonlar hech kim bajarishni istamagan ishlarni qilishga majbur qilinadi.

“Men odamlarning eng pastkash sifatlarini ochib bera oladigan o‘yinlarni tasvirlashni istadim, chunki serial o‘zining kulminatsiyasiga yaqinlashmoqda”, deya izoh berdi u.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar