Daryo

“Sichqon” dramasi yulduzi Li Sin Gi sudda 403 ming dollar undirib oldi

Chorokbaement Entertainment agentligi aktyorga o‘z vaqtida gonorarlarni to‘lamagani sababli sudga berilgan

1 daqiqa o‘qish10 520 ko‘rishlar0 izoh0

38 yoshli koreyalik aktyor va xonanda Li Sin Gi Chorokbaement Entertainment agentligiga qarshi sudda yutib chiqdi. Bu haqda Korea Daily xabar berdi.

Foto: Lady.mail.ru

Ma’lumotlarga ko‘ra, xonanda 2004-yildan buyon kompaniya bilan hamkorlik qilgan va ular uchun 137 ta qo‘shiq yozib bergan. Ammo u agentlikdan mehnati uchun to‘liq gonorar olmagach, kompaniyani firibgarlikda ayblab sudga bergan.

“Iltimos, o‘z huquqingizni biling, toki musiqiy sohada endigina faoliyat qilishni boshlagan mualliflar men kabi aldanib qolmasin”, deyiladi Li Sın Gining bayonotida.

Chorokbaement Entertainment bunga javoban da’vo arizasi bilan chiqib, qarzdorlik mavjudligini tasdiqlashni so‘ragan. Agentlik vakillari, Li Sin Giga barcha gonorar va kechiktirilgan to‘lovlar uchun penya foizlari to‘laganini, umumiy summa 374 ming dollarni tashkil etganini aytdi.

Ammo sud yakuniga ko‘ra, agentlik aktyorga 581 470 ming von (taxminan 403 ming dollar) to‘lashi shart ekanligi ma’lum bo‘ldi. Kompaniyaning da’vosi esa rad etildi. Sud xarajatlari ikki tomon o‘rtasida teng taqsimlandi.

Ma’lumot uchun, Chorokbaem Media  (초록뱀미디어) — Janubiy Koreyada  drama va animatsiya filmlari ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi. U 2000-yil sentyabr oyida tashkil etilgan bo‘lib, hozirda Seul shahrining Gangnam tumanida joylashgan.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar