Daryo

2027-yildan boshlab “Oskar” mukofotida yangi nominatsiya paydo bo‘ladi

Yangi nominatsiyada haykalcha olish uchun ishtirok etish va ovoz berish qoidalari 2027-yilda eʼlon qilinadi

1 daqiqa o‘qish7 384 ko‘rishlar0 izoh0

2027-yildan boshlab “Oskar” kino mukofoti eng yaxshi tryuklar postanovkasi uchun ham beriladi. Bu haqda Amerika kino sanʼati akademiyasi maʼlumot berdi. U yerda aytilishicha, yangi nominatsiyada haykalcha olish uchun ishtirok etish va ovoz berish qoidalari 2027-yilda eʼlon qilinadi. Bungacha kaskadyorlar marosimlar doirasida maxsus mukofotlarga ega bo‘lishgan.

Foto: Kino Mail

3-mart kuni kinematografiya sohasida erishgan yutuqlari uchun 97-“Oskar” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Rejissyor Shon Beyker “Anora” filmi uchun “Eng yaxshi film” va “Eng yaxshi rejissyor” nominatsiyalarida “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Filmda Mark Eydelshteyn, Yura Borisov, Aleksey Serebryakov va aktrisa Darya Ekamova kabi rus aktyorlari ishtirok etgan.

Filmda bosh rolni “Eng yaxshi ayol roli” uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan Mayki Medison ijro etgan. Bundan tashqari, “Anora” “Eng yaxshi montaj” va “Eng yaxshi original ssenariy” nominatsiyalarida ham haykalchalarni qo‘lga kiritdi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar