Daryo

Turkmaniston maktablarida o‘tish imtihonlari bekor qilindi

Ma’lum qilinishicha, imtihonlarning bekor qilinishi o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan mamnuniyat bilan kutib olingan

1 daqiqa o‘qish15 796 ko‘rishlar0 izoh0

Joriy yildan boshlab Turkmaniston o‘quvchilari o‘tish imtihonlarini topshirmaydi. Bunday qaror 12 yillik o‘rta ta’lim konsepsiyasidan kelib chiqqan holda qabul qilindi. Bu haqda Turkmen.news xabar bermoqda.

Foto: Orient.tm

Ma’lum qilinishicha, imtihonlarning bekor qilinishi o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan mamnuniyat bilan kutib olingan.

Shu paytgacha turkman umumta’lim maktablari o‘quvchilari to‘rtinchi sinfdan boshlab imtihon topshirar edilar: beshinchi sinfga o‘tishda, so‘ng oltinchi sinfga va hokazo, o‘ninchi sinfgacha davom etardi. 11-sinfda bitiruv imtihonlari o‘tkaziladi. Har yili ingliz tili va informatika fanlaridan imtihon topshirilgan. 12 yillik ta’limga o‘tish butun tizim konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etdi va shu o‘quv yilidan boshlab sinfdan sinfga o‘tishda imtihonlar o‘tkazmaslikka qaror qilingan.

Turkmanistonda maktab ta’limi uch bosqichga bo‘linadi: 1-bosqich — 1—4-sinflar boshlang‘ich ta’lim; 2-bosqich — 5—10-sinflar o‘rta ta’lim; 3-bosqich — 11—12-sinflar yuqori ta’lim. 

Bundan buyon faqat 5-sinfga (matematika va turkman tili) va 10-sinfga (geografiya va hayot faoliyati asoslari) o‘tishda imtihonlar saqlanib qoladi. 12-sinfda bitiruvchilar davlat imtihonlarini topshiradilar.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar