Daryo

“Qizaloq va Maymoq” multfilmi ayrim mamlakatlarda taqiqlanganini bilasizmi?

Hozirda u YouTube kanalidagi rekord darajasini yangilab, hattoki Disney’ni ham ortda qoldirmoqda

2 daqiqa o‘qish68 008 ko‘rishlar0 izoh0

Quloqsiz qiz haqidagi multfilm qaysi davlatlarda madaniy qarshiliklar va ota-onalarning noroziliklari qurboniga aylanganini bilasizmi?

Foto: Google Images

“Qizaloq va Maymoq” — dunyoni zabt etgan bir nechta rus animatsion seriallaridan biri hisoblanadi. U Braziliya hamda Yaponiyada ham sevib tomosha qilinadi. Hozirda u YouTube kanalidagi rekord darajasini yangilab, hattoki Disney’ni ham ortda qoldirmoqda.

Baʼzi mamlakatlarda Masha juda shaddod qizligi tufayli uning sarguzashtlari bolalar ruhiyati uchun xavfli deb hisoblangan. Nega zararsizdek tuyulgan multfilm bunchalik bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi? Qanday qilib taqiqlar uning mashhurligini oshirdi? Keling, “Qizaloq va Maymoq” atrofidagi janjallar xaritasini ko‘rib chiqamiz.

Foto: Google Images

Eron: 2015-yilda Eron hukumati multfilmni davlat televideniyesida ko‘rsatishni taqiqlagan edi. Sababi Qizaloq “bolalarga yomon o‘rnak ko‘rsatadi”: u shovqinli, kattalarga bo‘ysunmaydi va qoidalarni buzadigan qizaloq deb hisoblangan. Bolalardagi kamtarlik qadrlanadigan mamlakatda uning xatti-harakati halokatli deb hisoblangan.

Foto: Google Images

Kanada: “Qizaloq va Maymoq” multfilmi “Uzoq qarindosh” (2015) epizodidagi shaman ishtirok etgan sahnasi tufayli ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘ldi. Kanadalik tomoshabinlar unda mahalliy xalqlar haqidagi stereotiplarni ham kuzatishdi. Hattoki Netflix platformasi ushbu multserialni vaqtincha olib tashladi va ijodkorlar bu hindularga emas, rus folkloriga parodiya ekanligini tushuntirib berishdi.

Foto: Google Images

AQSH: Ota-onalar “bezorilik”ka qarshi .

Rasmiy taqiq bo‘lmasa-da, Amerika ijtimoiy tarmoqlarida multfilmni bolalar kanallaridan olib tashlash bo‘yicha bir necha marta chaqiriqlar bo‘lgan. Konservativ ota-onalar Masha “itoatsizlikni rag‘batlantiradi” deb shikoyat qilishdi. Psixologlar esa qarshi chiqishdi: bolalar multfilmlarni haqiqatdan ajratishni biladi, hazil esa taʼlimning bir qismidir, deb aytishgan.

Foto: Google Images

Nima uchun taqiqlar “Qizaloq va Maymoq” mashhurligini yana ham oshirdi?

Har bir taqiq multfilmni ko‘rishlar sonining keskin o‘sishiga olib kelgan. Masalan, Eron taqiqidan keyin ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislar soni 30 foizga oshdi. “Simpsonlar” yoki “Janubiy Parkda” multfilmlari kabi taqiqlov urinishlari “Qizaloq va Maymoq”ni ham yanada mashhur loyihaga aylantirdi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar