Daryo

Mark Sukerberg Vashingtondan 23 mln dollarlik hashamatli uy sotib oldi

Uy rasman xarid qilinishi bilanoq uning surati Google Maps’dan o‘chirib tashlangan

1 daqiqa o‘qish4 433 ko‘rishlar0 izoh0

Mark Sukerberg AQSHning Vashington (Kolumbiya okrugi) shahridagi nufuzli hududlardan birida o‘ziga hashamatli uy sotib oldi. Bu haqda New York Post nashri xabar berdi.

Foto: Curbed

Maydoni 15 400 kvadrat metr bo‘lgan ushbu uy arxitektor Robert Gurni tomonidan loyihalashtirilgan bo‘lib, unda an’anaviy va zamonaviy uslublar uyg‘unlashgan. Qizil g‘ishtdan qurilgan uchta binoni shisha yo‘laklar bog‘lab turadi. Bir akr maydonga ega hovlida basketbol maydonchasi, basseyn, mevali bog‘ va barbekyu zonasi mavjud.

Foto: Curbed
Foto: Curbed

Xonadon landshaft dizayni bilan shug‘ullangan Campion Hruby Landscape Architects kompaniyasining vakili Kevin Kempionning aytishicha, mazkur xonadon yopiq va maxfiy tuzilishi tufayli tinchlik va aholidan uzoqlikni saqlashga yordam beradi. Uyning qiymati esa 23 million dollar deb baholanmoqda.

Foto: Curbed
Foto: Curbed

Qayd etish lozimki, mazkur bitim shaharda amalga oshirilgan eng qimmatbaho uchta shartnomalardan biri bo‘ldi. Uy rasman sotilgach, uning surati Google Maps’dan o‘chirib tashlangan.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar