Daryo

“Qish sonatasi”dagi San Xyuk — koreyalik aktyor Pak Yon Haning o‘limiga nima sabab bo‘lgan?

O‘limidan oldin u saratonning oxirgi darajasi bilan kurashayotgan otasiga: “Sizning o‘rningizga men kasal bo‘lsam bo‘lmasmidi”, degan

3 daqiqa o‘qish154 062 ko‘rishlar0 izoh15

O‘zbek tomoshabinlariga “Qish sonatasi” serialidagi bosh qahramonga oshiq yigit mehribon va soddadil San Xyuk obrazi bilan tanilgan koreyalik aktyor Pak Yon Xa qisqa umr kechirgan bo‘lsa-da, olamshumul mashhurlikka erishdi. Uning o‘limi sababi hozirgacha mavhum bo‘lib qolmoqda. 

Pak Yon Xa 1977-yil 12-avgustda Janubiy Koreyada dunyoga kelgan. 17 yoshida Pak o‘zining aktyorlik va musiqa qobiliyatlari, shuningdek, muxlislar orasida mashhurlik keltirgan jozibador tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turardi. MBC Theme Theater (1994) dramasidagi debyutidan keyin Pak bir qator teleserial va filmlarda rol o‘ynadi.

Foto: Pinterest

Aktyor 2002-yilda “Qish sonatasi” teleserialida rol o‘ynab mashhurlikka erishdi. Mashhur teleshou Yaponiya va Osiyoning boshqa mamlakatlarini zabt etdi va Pakni ekran yulduziga aylantirdi. Keyinchalik u musiqa bilan shug‘ullana boshladi va xonanda sifatida bir nechta albom chiqardi.

Foto: Pinterest

Musiqa va kinodagi muvaffaqiyatlar

Foto: Pinterest

Pak 2008-yilda “On Air” dramasining saundtreklarini ijro etdi. Saundtreklarning yapon tilidagi versiyasi jamlanmasi uning oltinchi singl-albomi “Behind Love” bo‘ldi. 2008-yil 23-iyulda chiqarilgan “Behind Love” Yaponiyaning asosiy kundalik albom charti bo‘lgan Oricon chartida uchinchi o‘rinni egalladi. Uning keyingi “Say Goodbye” singl-albomi va “Love” to‘liq formatidagi albomi 2008-yil noyabrda chiqarildi va ikkalasi ham Oricon chartida top o‘ntalikka ga kirdi.

Foto: Pinterest

Pak 2008-yilda SBSning “On Air” dramasida, prodyuser Kyon Min Li rolini o‘ynadi. Drama 2008-yil 30-iyuldan boshlab “Mnet Japan” musiqa telekanalida namoyish etildi. Aktyor va uning hamkasbi Son Yun serialni targ‘ib qilish uchun Yaponiyaga bordilar. Bu tadbir Tokiodagi Roppongi Hills Toho Cinema kinoteatrida sakkizyuzta VIP mehmon ishtirokida, yuqori darajada bo‘lib o‘tdi. U, shuningdek, “The Scam” filmida Xyon Su Kan (kichik investor) rolini o‘ynadi. “The Scam” 2009-yil 12-fevralda chiqarildi. Shundan so‘ng u Kim Shin rolini ijro etish uchun “The Slingshot” dramasiga taklif qilindi, bu drama 2009-yil 6-aprelda KBS2da namoyish etila boshladi.

Foto: Pinterest

Pak Yaponiyada bir nechta yapon tilidagi albom chiqardi va bir nechta muvaffaqiyatli konsertlar berdi. U to‘rt yil ketma-ket (2005-2008) “Yapon oltin disk” mukofotini olgan birinchi koreyalik xonanda bo‘ldi, shuningdek, 2007-2008-yillarda ketma-ket “Yilning eng yaxshi singli” va “Eng yaxshi Osiyo artisti” mukofotlarini oldi. 2006-yilda u Gavayada yakkaxon konsert bergan birinchi koreyalik xonanda bo‘ldi.

Foto: Pinterest

O‘limidan oldin oxirgi daqiqalarini otasi bilan o‘tkazdi

Janubiy Koreya matbuoti xabar berishicha, Pak Yon Xa 62 yoshli otasiga g‘amxo‘rlik qilgan va oxirgi daqiqalarni aynan u bilan o‘tkazgan. O‘limidan oldin u saratonning oxirgi darajasi bilan kurashayotgan otasiga: “Sizning o‘rningizga men kasal bo‘lsam bo‘lmasmidi” degan.

Foto: Pinterest

Marhumning tanishlari ham uning ishdagi qiyinchiliklar va og‘ir hayotidan shikoyat qilganini eslab qolishgan. U depressiyadan aziyat chekkani maʼlum emas. Biroq politsiya uning o‘limini shubhali deb hisoblamagan.

Foto: Pinterest

Xonanda o‘z uyida o‘lik holda topilgan, u elektr simiga o‘zini osgan. Uning jasadini onasi topgan. Marhum 33 yoshda edi. Yaqin vaqtda xonanda Yaponiyada konsertlar berishi kerak edi, ularga chiptalar allaqachon sotilib bo‘lgandi.

2011-yil 10-martda uning onasi tomonidan yozilgan “Mening o‘g‘lim, haqiqiy Pak Yon Xa” nomli xotiralar kitobi chop etildi. Unda Pak Yon Xaning hayotidan lavhalar, boshlang‘ich maktabda birinchi muhabbatidan kechirgan qayg‘usi, 1994-yilda birinchi marta rol o‘ynagan “Tematik teatr” dramasi epizodlari aks etgan. Shuningdek, unda Pe Yon Jun bilan bo‘lgan hech qayerda aytilmagan hikoyalar, nashr etilmagan rasmlar va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinmagan so‘nggi intervyu mavjud.

Foto: Pinterest

 

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar