Daryo

“Qattiqqo‘l xonim” filmidagi kvartira 9 mln dollarga sotilmoqda

Filmga ko‘ra, bu yerda “Podium” jurnali bosh muharriri lavozimiga nomzod bo‘lgan dizayner Jeyms Xolt yashagan

2 daqiqa o‘qish7 239 ko‘rishlar0 izoh0

“Qattiqqo‘l xonim” filmidagi ko‘plab sahnalar suratga olingan Nyu Yorkdagi kvartira sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Mansion Global’ga tayanib, “Pravila jizni” xabar berdi.

Foto: People

Lost uslubidagi interyerga ega mazkur xonadon birinchi marta o‘tgan yilning oktyabr oyida 8,99 million dollarga sotuvga qo‘yilgan, biroq ko‘chmas mulk xaridorlari topilmagan. Hozirda uyning narxi 8,95 million dollarga tushirilgan.

Kvartira Nyu Yorkning nufuzli Soho tumanida olti qavatli binoning ikkinchi qavatida joylashgan. Unda ikkita yotoqxona, ikkita hammom va sauna mavjud. Shuningdek, xonadon zamonaviy sport zali, 400 shisha vinoni o‘z ichiga olgan sharob saqlanadigan xona va kaminli mehmonxonadan iborat.

Foto: Mansion Global
Foto: Mansion Global

Hozirda kvartira Apartment Сарa do‘koni asoschisi hamda Mark Shillerga tegishli. Ular xonadonni 25 yil avval sotib olishgan.

“Qattiqqo‘l xonim” filmi syujetiga ko‘ra, bu xonadonda “Podium” jurnali bosh muharriri lavozimiga da’vogarlik qilayotgan modelyer Jeyms Xolt yashagan. Enn Xeteueyning qahramoni bu yerdagi ziyofatga tashrif buyurgan va sevgilisi bilan uchrashgan.

Foto: Mansion Global
Foto: Mansion Global

Ma’lumot uchun, eng nufuzli moda jurnallaridan birida oddiy qizning ishga kirishi va karyerasi haqidagi “Qattiqqo‘l xonim” filmi 2006-yil iyun oyida chiqqan. Loren Vaysbergerning “Prada kiygan iblis” nomli kitobi asosida rejissyor Devid Frenkel tomonidan suratga olingan. Film Meril Stripga komediya janridagi eng yaxshi aktrisa roli uchun “Oltin globus” mukofotini va bosh rol uchun “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyada “Oskar” mukofotini olib kelgan. Byudjeti 35 million dollar bo‘lgan loyiha kino kassalarida 326 million dollar yig‘gan.

Foto: Mansion Global

Avvalroq Disney kompaniyasi “Qattiqqo‘l xonim” filmining davomini suratga olishi haqida xabar berildi. Filmning davomi bo‘yicha muzokaralar uning rejissyori Devid Frenkel tomonidan olib borilmoqda, ssenariy muallifi Alin Brosh Makkenna. Mazkur xabarlarga Disney hozircha izoh bermagan.

Taxminlarga ko‘ra, filmning keyingi qismida “Podium” jurnali muvaffaqiyatsiz kunlarni boshidan kechirishi haqida hikoya qilinadi. Uning bosh muharriri Miranda Pristli yirik lyuks brend bilan reklama shartnomasini imzolashni rejalashtiradi. Buning uchun u o‘zining sobiq yordamchisi, hozirda o‘sha brendda yetakchi lavozimni egallab turgan Emilidan yordam so‘raydi.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar