Daryo

Gollivud aktyori Jud Lou “Kreml sehrgari” filmida Rossiya prezidenti Vladimir Putin rolini ijro etmoqda

“Kreml sehrgari” filmi Juliano da Empoli tomonidan yozilgan shu nomdagi badiiy kitob asosida suratga olinmoqda

1 daqiqa o‘qish5 021 ko‘rishlar0 izoh0

Gollivud aktyori Jud Lou “Kreml sehrgari” filmini suratga olish maydonchasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin obrazi bilan namoyon bo‘ldi. 

Film suratga olish ishlari Riga shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov film ijodkorlari Kremlga maslahat so‘rab murojaat qilmaganini aytgan. 

Foto: Kino Mail

“Kreml sehrgari” filmi Juliano da Empoli tomonidan yozilgan shu nomdagi badiiy kitob asosida suratga olinmoqda.

Kitobni ekranlashtirish ishlarini fransuz rejissyori va ssenaristi Olivye Assayas (“Irma Vep”, “Zils-Mariya”, “Shaxsiy xaridor”) olib bormoqda.

Kitob syujeti 1990-yillarda, siyosiy texnolog Vadim Baranov (Pol Dano) Rossiyaning bo‘lg‘usi prezidentining maslahatchisi bo‘lib qolganda ochiladi. Filmda, shuningdek, Alisiya Vikander, Zak Galifianakis va Tom Sterrij ham rol ijro etishadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar