Daryo

Xonanda Beyonse boshqa hech qachon filmlarda suratga tushmaslikka qaror qildi

Beyonse “Pushti pantera” filmi va “Orzudagi qiz” kabi bir necha filmlarda suratga tushgan

1 daqiqa o‘qish5 050 ko‘rishlar0 izoh0

Kinoda rol o‘ynash uchun aktyorlar nafaqat qiyin dialoglarni yod olishlari, balki har bir sahnada his-tuyg‘ularni tabiiy yetkazib berish uchun filmdagidek muhitda bo‘lishlari talab etiladi. Beyonse uchun kino sanoati murakkab kechdi va xonanda 2008-yilda “Kadillak Rekords” filmidagi og‘ir rolidan so‘ng aktrisalik faoliyatini tugatishga qaror qildi. Bu haqda xonandaning onasi Tina Noulz o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Foto: IMDb

Xonanda 2000-yillarda kinoda faol bo‘ldi. Beyonse gavdalantirgan obrazlar orasida “Ostin Pauvers” filmidagi Kleopatra, “Pushti pantera” filmi va “Orzudagi qiz” kabi loyihalar yuqori e’tirof etildi.

“Kadillak Rekords” (2008) musiqiy biografik dramasidan so‘ng esa Beyonse faqat musiqa sohasida ishni davom ettirishni lozim ko‘rdi. Mazkur film Chikagodagi nufuzli ovoz yozish kompaniyasi rahbari Leonard Chess va Chess Records uchun musiqa yozgan bir necha musiqachilarning hayoti haqida hikoya qiladi. Beyonse amerikalik qo‘shiqchi Etta Jeyms rolini o‘ynagan. U 1960-yillarning o‘rtalari va 1970-yillarning boshlarida geroinga qaramlikdan aziyat chekkan.

Foto: IMDb

So‘ng Beyonse “Qirol sher” da Nala obraziga va “Mufasa” animatsion filmida Qirolicha Taraga ovoz berdi.

Xonandaning onasi Tina Noulz Beyonsening Etta Jeyms rolidagi videosini sahifasiga joylashtirar ekan, endilikda farzandi badiiy filmlarda suratga tushmayotganidan afsusda ekanligini bildirdi:

“Mazkur lavhaga hozirgina ko‘zim tushdi. Loyiha mening eng sevimli filmlarimdan biri edi. Beyonse esa unda o‘z obrazini qoyilmaqom ijro etgan edi. Etta Jeyms obrazi ishonarli chiqishi uchun qizim narkologiya markaziga qatnar edi” deya postni yakunlagan Noulz.

Beyonsening giyohvand bemorlarning reabilitatsiya markaziga tashrifi uning blyuz yulduzi roliga tayyorgarlikning bir qismi bo‘lgan.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar