Daryo

Mashhur rollaridan voz kechishga majbur bo‘lgan Gollivud aktyorlari

Biror filmdagi qahramonni qanchalik yaxshi ko‘rsangiz, uni unutish shunchalik qiyin bo‘ladi

2 daqiqa o‘qish13 630 ko‘rishlar0 izoh0

Biror filmdagi qahramonni qanchalik yaxshi ko‘rsangiz, uni unutish shunchalik qiyin bo‘ladi. Lekin quyidagi aktyorlar buni uddalashdi. Ba’zilar afsus bilan, ba’zilar xursandchilik bilan shunday qilishdi — ularning ajoyib rollaridan voz kechishga majbur qilgan sabablar haqida ma’lumot beramiz.

Kolin Farrell

“Pingvin” seriali tanqidchilarga ham, tomoshabinlarga ham birdek manzur bo‘ldi. Ammo ikkinchi mavsum bo‘ladimi-yo‘qmi, hozircha aniq emas. Bu ko‘p jihatdan Kolin Farrellga bog‘liq, u mazkur roli uchun SAG mukofotlari haykalchasini oldi. Aktyor serial barchasini barbod qilishi mumkin deb hisoblaydi va unga qaytishni istamaydi.

Menda bu ishga qaytadan kirishish istagi yo‘q. Albatta, agar ular film uchun biror narsa o‘ylab topishsa va bu yaxshi g‘oya bo‘lsa, uni ko‘rib chiqishga tayyorman, deydi aktyor.

Benedikt Kamberbetch

Benedikt va uning “Sherlok” serialidagi qahramonida ham shunga o‘xshash vaziyat. Ko‘pchilik uning davomini ko‘rishni xohlaydi, jumladan, aktyor ham. Faqat Kamberbetch buning uchun deyarli imkonsiz ishlarni amalga oshirish kerak, deb hisoblaydi. Ammo rad etishning yana bir sababi bor — ijodiy o‘sish.

Men bir xil Benedikt bo‘lishni istamayman. Balki rollarimdan birortasi sizga yoqmas. Men yoqimtoy va muloyim yoki qo‘rqinchli va jirkanch bo‘lishim mumkin. Ammo men sizni ham, o‘zimni ham hayratda qoldirish uchun turli yo‘nalishlarda harakat qilishim kerak, deb hisoblaydi aktyor.

Deniel Redkliff

Sehrgar bola haqidagi filmlarga ancha bo‘lgan. Ammo Warner Bros. kompaniyasi “Garri Potter” asosida yangi serial suratga olishga qaror qildi. Eng ko‘p berilgan savollardan biri: “Deniel Redkliff ham ishtirok etadimi?” 

Yo‘q, u yerda ko‘rinmayman. Albatta, serial haqida bilaman. Hamma narsa ular toza qog‘ozdan boshlashni xohlayotganini ko‘rsatadi, shuning uchun men shunchaki paydo bo‘lib, bunga aralashsam, g‘alati bo‘ladi.

Kichik Robert Dauni

Eng boy qasoskorning taqdiri esa allaqachon hal bo‘lgan. Uni doktor Dum emas, kichik Robert Daunining o‘zi yengdi. Aktyor Marvel’dagi yangi roli haqida bilishdan oldin muxlislarini Temir odamning qaytishini kutmaslik kerakligi haqida ogohlantirgan.

Menimcha, men bu qahramon bilan qo‘limdan kelganini qildim. Bu haqda o‘ylash uchun nihoyatda kuchli dalil va aniq vaziyatlar to‘qnashuvi bo‘lishi kerak. Lekin men boshqa ishlar bilan ham shug‘ullanmoqchiman, deydi kichik Dauni.

Kris Evans

Sizningcha, Kapitan Amerika bilan xayrlashish uning jamoasi uchun qiyin bo‘lganmi? Axir qahramonning Kris Evansdan yaqinroq hech kimi yo‘q edi. Aktyor ham o‘z qahramoniga qattiq bog‘lanib qolgandi.

Men tugatishni xohlamagan bo‘lardim. Hayotimning bu davri juda o‘ziga xos bo‘ldi. Men bu personajni qadrlayman — muammo ham shunda, deydi aktyor.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar