Daryo

Jennifer Lopes Afflek bilan ajrashganidan keyin 21 mln dollarga hashamatli uy sotib oldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jennifer “foydali bitim” tuzgan

1 daqiqa o‘qish11 150 ko‘rishlar0 izoh0

Aktyor Ben Afflek bilan shov-shuvli ajrashishdan so‘ng Jennifer Lopes Los-Anjelesning nufuzli Hidden-Hillz tumanida hashamatli koshona sotib oldi. Xonanda yangi uyini 21 mln dollarga xarid qilgan, biroq bitimning aniq summasi oshkor etilmagan.

Hovlining maydoni 10 ming kvadrat metrdan oshadi, uyning o‘zi esa 930 kvadrat metr maydonda joylashgan. Asosiy binodan tashqari, omborxona, otxona, ot minish uchun maydon, mehmonxona va basseyn kabi qo‘shimcha binolar mavjud. TMZ ma’lumotlariga ko‘ra, Jennifer Lopes “foydali bitim” tuzgan.

Xonandada oldin bu uyga boshqa yulduzlar ham egalik qilgan, ular orasida Gollivud aktyori Silvestr Stallone va Creedence Clearwater Revival gitarachisi Jon Fogerti ham bor.

Aytgancha, Jennifer va Ben o‘zlarining sobiq oilaviy uylari – 2023-yilda xarid qilingan Beverli-Hillzdagi 61 million dollarlik qasrni haligacha sotishmagan.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar