Daryo

Qatar “PSJ”ni moliyalashtirishni to‘xtatishi mumkin

Bunga klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi ovozlarni sotib olishda ayblanayotgani sabab bo‘lmoqda

1 daqiqa o‘qish9 492 ko‘rishlar0 izoh0

Qatar davlati “PSJ” klubiga investitsiyalarni to‘xtatishi mumkin. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.

Foto: Getty Images

Bunga klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi ovozlarni sotib olishda hamda ovoz berish erkinligiga tajovuz qilishda ayblanayotgani sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, u Lagardere kompaniyasiga zarar yetkazish maqsadida vakolatlarini suiiste’mol qilishda ham gumon qilinmoqda. 

Manbaga ko‘ra, Al-Xelayfi o‘z ta’siridan foydalanib, Qatar sarmoya jamg‘armasini (klubning asosiy aksiyadori) Lagardere kompaniyasini boshqarish bilan bog‘liq bahsli holatda qarorini o‘zgartirishga majburlagan bo‘lishi mumkin.

Qatarliklar bu vaziyatdan juda norozi va agar ayblovlar davom etsa, Fransiyaga, jumladan, “PSJ”ga sarmoya kiritishni to‘xtatish bilan tahdid qilmoqda.

“Qatarliklar bunday muomaladan charchagan. Ularni doim ayblashadi, sudga berishadi, tanqid qilishadi. Har safar yordam bermoqchi bo‘lishsa, buni ‘bosim o‘tkazish’ deb atashadi. Hammaning sabr kosasi to‘ldi”, deydi hukumatga yaqin manba.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar